Nepalda ikki vertolyot töqnaşib ketdi. Qurbon bor
Olam
−
13:25 580 2 daqiqa
Nepaldagi Everest çöqqisi hududida qönişga tayyorlanayotgan ikkita vertolyot töqnaşib ketdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
\Hodisa bugun, 3 noyabr kuni Soluxumbu okrugidagi Everest çöqqisining bazaviy lageri hududida yuz bergan. Bu haqda okrug boş ma’muri Kaman Singx Tapa Magar ma’lum qilgan.
Qayd etilişiça, vertolyotlardan biri Fishtail Air, ikkinçisi esa Dynasty Air kompaniyasiga tegişli bölgan. Fishtail Air vakilining aytişiça, uning vertolyoti Everest hududidan qutqarib olingan sayyohlarni olib ketayotgan vaqtda qöniş jarayonida halokatga uçragan.
Vertolyot bortida Hindiston va Yangi Zelandiya fuqarolari bölgan. Töqnaşuv oqibatida Hindiston fuqarosi halok bölgan, Yangi Zelandiya fuqarosi esa jarohatlangan va qutqarib qolingan. Har ikki yölovçi sayyoh bölgan. Dynasty Air vakilining ma’lum qilişiça, uning kompaniyasiga tegişli vertolyotda esa faqat yuk bölgan.
Ma’lumot uçun, ayni paytda Nepalda sayyohlik va toğga çiqiş mavsumining eng gavjum davri davom etmoqda. Bu vaqtda vertolyotlar sayyohlar hamda alpinistlarni Everest hududiga olib boriş va u yerdan qaytarişda faol foydalaniladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Bosniya va Gersegovinada Yevropa Ittifoqining tinçlikparvar missiyasi tarkibida xizmat qilayotgan Italiya harbiy vertolyoti halokatga uçragani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi