Qayiqlarni tasvirga olayotgan vertolyot suvga quladi. Uçuvçi halok böldi

Olam

−

image

AQŞning Florida ştati Mayami şahri yaqinida kiçik vertolyot suvga qulab tuşdi. Hodisa oqibatida uçuvçi halok böldi, vertolyotdagi yana ikki kişi oğir jarohatlandi. Bu haqda AQŞ Sohil qöriqlaş xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, hodisa keça, 4 noyabr kuni ertalab Key-Biskeyn oroli yaqinida sodir bölgan. Robinson R44 rusumli vertolyot Pembrok-Payns şahridagi Nort-Perri aeroportidan soat 11:00 ga oz vaqt qolganida havoga kötarilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, tijoriy vertolyot janubga qarab harakatlanayotgan qayiqlarni tasvirga olayotgan bölgan. U Key-Biskeyn oroliga olib boruvçi köprik yaqinida bir neça marta aylangan, söng janub tomonga burilib, taxminan yetti daqiqadan keyin suvga qulagan.

Hodisa haqida soat 11:30 atrofida yordam sörab yuborilgan signal orqali tegişli xizmatlarga xabar berilgan. Yaqin atrofda bölgan AQŞ Bojxona va çegara xizmati xodimlari suvdan ikki nafar erkakni qutqarib, bandargohga olib çiqqan. Ular şifoxonaga yetkazilgan. Şerif idorasi ma’lumotiga köra, jabrlanuvçilarning ahvoli oğir, biroq barqaror.

Şerif idorasining dengiz patruli xodimlari esa qayiqdagi fuqaro yurak-öpka reanimatsiyasini ötkazayotgan yana bir erkakni qabul qilib olgan. U vertolyot uçuvçisi bölgan va hodisa joyida vafot etgan deb topilgan.

AQŞ Transport xavfsizligi milliy kengaşi va Federal aviatsiya ma’muriyati halokat sabablarini örganmoqda. Mayami-Deyd okrugi şerifi idorasining qotilliklarni tergov qiliş bölimi ham uçuvçining ölimi yuzasidan suriştiruv olib bormoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nepaldagi Everest çöqqisi hududida qönişga tayyorlanayotgan ikkita vertolyot töqnaşib ketgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing