Bosniyada bortida 15 kişi bölgan vertolyot quladi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
12:34 338 2 daqiqa
Bosniya va Gersegovinada Yevropa Ittifoqining tinçlikparvar missiyasi tarkibida xizmat qilayotgan Italiya harbiy vertolyoti halokatga uçradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa keça, 29 oktyabr kuni Brçko okrugidagi Goritse qişloği yaqinida sodir bölgan. Vertolyot bortida jami 15 kişi bölgan.
Halokat oqibatida 4 kişi halok bölgan, yana 11 nafari jarohatlangan. Qurbonlarning ikki nafari Italiya armiyasi harbiy xizmatçilari, qolgan ikki nafari esa Italiya Qizil Xoç taşkilotining köngilli harbiy korpusi a’zolari bölgan. Jarohatlanganlarning barçasi şifoxonaga yetkazilgan.
Mahalliy OAV tarqatgan tasvirlarda harbiy transport vertolyoti yerga ağdarilib tuşgani va uning qismlari parçalanib ketgani aks etgan. Italiya Mudofaa vazirligi halokat sabablarini aniqlaş böyiça tergov boşlanganini ma’lum qilgan.
Qayd etilişiça, vertolyot Yevropa Ittifoqining EUFOR Althea missiyasi doirasida faoliyat yuritgan. Mazkur missiya Bosniya va Gersegovinada Deyton tinçlik kelişuvining bajarilişini nazorat qiladi.
Italiya Mudofaa vaziri Gvido Krozetto halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Boş vazir Jorja Meloni ham qurbonlarning oilalari va missiya iştirokçilariga ta’ziya izhor qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Oregon ştatida ikki vertolyot havoda töqnaşib ketişi oqibatida 3 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr