Kreml Abu-Dabidagi muzokaralarda NATOga kutilmagan talab qöydi – OAV
Olam
−
17:08 779 3 daqiqa
Abu-Dabida joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça ötkazilgan köp tomonlama muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi norasmiy ravişda nafaqat Kiyevga taalluqli bölgan “Yevropa xavfsizligining yangi tartibi” bandlarini ilgari surdi, balki Kreml vakillari Finlyandiyaning NATOdan çiqişini talab qildi, şuningdek, alyansning Latviya, Litva va Estoniyadagi harbiy bazalardan voz keçişi tarafdori ekanini bildirdi. Uşbu bandlarning barçasi Amirliklarda iştirok etgan Yevropa Ittifoqi vakillariga topşirilgan. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Qayd etilişiça, rossiyalik muzokaraçilar tomonidan BAAda bildirilgan şartlar norasmiy doiralarda muhokama qilinayotgan taşabbuslardan biri, xolos. Rossiya tomonidan bir vaqtning özida bir neçta raqobatçi vositaçilar guruhlari harakat qilmoqda va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin aynan kimning ğoyalarini qöllab-quvvatlaşi hozirça noma’lum.
Moskvaning talablari NATOga a’zo bölmagan Moldovaga ham tegişli bölgan. Rossiya vakillari uşbu davlatni asl moldavan yerlari, Gagauziya va Dnestrböyidan iborat federatsiyaga aylantiriş rejasini ilgari surgan. Sönggisi 1991 yildan buyon de-fakto Kişinyov nazorati ostida bölmagan, BMTning birorta ham a’zosi tomonidan tan olinmagan özini özi e’lon qilgan davlat hisoblanadi. Mamlakat YeIga a’zo bölgan taqdirda, Dnestrböyi va Gagauziya mustaqillik böyiça referendum ötkaziş imkoniyatiga ega bölişi kerak.
Ukrainadan tinçlik evaziga Donetsk va Lugansk viloyatlarining öz nazorati ostidagi qismini beriş, NATOga a’zo bölişdan voz keçiş, Nikolayev va Odessadagi portlarni demilitarizatsiya qiliş, şuningdek, Qora va Boltiq dengizlarida kemalar qatnovi erkinligi töğrisida alohida kelişuvlar tuziş talab qilinmoqda.
Oltita Yevropa davlatiga taalluqli bölgan barça sanab ötilgan talablar evaziga Kreml vakillari Belarusdan yadro qurolini olib çiqişni, u yerga Rossiyaning örta masofaga uçuvçi raketalarini joylaştirişdan voz keçişni va Rossiya Qurolli kuçlari bölinmalarini Dnestrböyidan olib çiqişni taklif qilgan.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, öz navbatida, Abu-Dabida Rossiya tomoni Finlyandiya yoki boşqa biror davlatning NATO tarkibidan çiqişini talab qilmaganini ma’lum qilgan.
“Menga bu haqda ma’lum emas. Yöq, ilgari surilmagan. Bu haqda, albatta, umuman gap bormagan”, deya Peskovning sözlarini keltiradi RBK.
Ma’lumot uçun, Finlyandiya NATOga qabul qilingan sönggi ikki davlatdan biri hisoblanadi. Skandinaviya davlati taşkilotga 2023 yil aprel oyida qöşilgan bölib, 2022 yil 24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişidan söng darhol Finlyandiya jamiyatida uşbu qaror tarafdorlari uluşi bir neça barobar oşgan. Şimoliy Atlantika alyansi özining qariyb 80 yillik tarixi davomida a’zo davlatlarning blok tarkibidan çiqiş pretsedentlarini bilmaydi, faqat ikki mamlakat – Fransiya va Gretsiya uning harbiy tarkibiy qismidagi iştirokini vaqtinça töxtatib turgan, biroq keyinçalik töliq a’zolikni tiklagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qöşma ekspeditsion kuçlar (Joint Expeditionary Force) tarkibiga kiruvçi Şimoliy Yevropa mamlakatlari harbiy-dengiz flotlari şerikligi va texnika hamda dengizçilarni tayyorlaş uçun Rossiya tahdidi fonida yagona standartlarni yaratiş töğrisidagi bitimni imzolagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi