Tramp Xitoy va Yevropa Ittifoqiga yangi bojlar joriy etmoqçi

Olam

−

visibility1407 timer2 daqiqa

image

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Xitoy, Yevropa Ittifoqi va yana 12 ta savdo hamkoridan import qilinadigan mahsulotlarga yangi bojlar joriy etişni taklif qilmoqda. Xususan, Xitoy tovarlariga qöşimça 20 foizlik boj solinişi mumkin. Bu haqda keça, 25 noyabr kuni AQŞ Savdo vakili idorasi ma’lum qildi.

Taklifga köra, Xitoydan olib kiriladigan mahsulotlarga qöşimça 20 foizlik boj qöşiladi. Natijada Xitoy tovarlariga nisbatan umumiy boj miqdori qariyb 40 foizga yetadi.

Yangi bojlar joriy etilişi rejalaştirilgan davlatlar va hududlar qatoriga Bangladeş, Kambodja, Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Indoneziya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Şveysariya, Tayvan, Tailand va Vetnam kiradi.

Qayd etilişiça, Tramp ma’muriyati yangi tariflarni joriy etiş uçun 1974 yilda qabul qilingan Savdo töğrisidagi qonunning 301-bölimiga tayanmoqda. Uşbu qonun AQŞ hukumatiga xorijiy davlatlarning adolatsiz savdo amaliyotlariga qarşi çoralar köriş imkonini beradi. Buning uçun avval rasmiy tekşiruv ötkazilişi kerak.

Oq uy yangi bojlar qaçondan kuçga kirişini aniq bildirmagan. Biroq ular eng erta 2027 yil yanvar oyida joriy etilişi mumkin. AQŞ Savdo vakili idorasi yangi tariflar böyiça tinglovlarni 25 yanvar kuni ötkazişni rejalaştirgan.

Bu Tramp ma’muriyatining 301-bölim asosida joriy etmoqçi bölgan ikkinçi yirik bojlar töplami hisoblanadi. Iyul oyida Oq uy 80 dan ortiq davlatga, jumladan, Buyuk Britaniya, Meksika va Kanadaga nisbatan ham bojlar e’lon qilgan edi. Öşanda Vaşington bu davlatlarni majburiy mehnatga qarşi taqiqlarni yetarliça nazorat qilmaslikda ayblagan. Hozirda uşbu bojlar ustidan berilgan da’vo AQŞ Xalqaro savdo sudida körib çiqilmoqda.

AQŞ savdo vakili Jeymison Grirning bildirişiça, köplab savdo hamkorlari uzoq yillar davomida öz işlab çiqaruvçilarini turli moliyaviy yordamlar bilan qöllab-quvvatlab, iş haqi va mehnat şaroitlarini çeklaş orqali xalqaro savdoda ustunlikka erişib kelgan. Uning fikriça, bunday amaliyotlar AQŞ işlab çiqarişiga zarar yetkazmoqda.

“Prezident Tramp uşbu adolatsiz xatti-harakatlar, siyosat va amaliyotlarga barham beriş uçun çoralar körişni taklif qilmoqda. Bu orqali amerikalik işçilar uçun teng şaroit yaratişimiz va jahon iqtisodiyoti uçun yanada barqaror yölni belgilaşimiz mumkin”, degan Grir.

Eslatib ötamiz, joriy yilning avgust oyida AQŞ savdo muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan söng Kanadaning ayrim tovarlariga 50 foizlik boj joriy qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing