Xitoyda Ronalduning 7 metrlik haykali örnatilgan muzey oçildi
Sport
−
127 1 daqiqa
Xitoyning Şanxay şahrida portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronalduga bağişlangan yangi muzey oçildi. Bu haqda “The Sun” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Şanxay şahridagi CR7 muzeyi joriy yilning 21 noyabr kuni oçilgan. Uning asosiy diqqatga sazovor jihatlaridan biri – 41 yoşli futbolçining Portugaliya terma jamoasi libosidagi 7 metrlik haykalidir. Unda Ronalduning maşhur gol nişonlaş holati aks ettirilgan.
Ma’lumotlarga köra, muzey qariyb 3 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Ekspozitsiya futbolçining faoliyatiga bağişlangan 10 ta tematik bölimga ajratilgan.
Körgazmadan Ronalduning 2008 yilda qölga kiritgan ilk “Oltin töp”i, Yevropa çempionati kubogi, futbol butsalari va “Real Madrid”ning esdalik libosi örin olgan.
Futbolçining vatani – Madeyra orolidan Xitoyga 50 dan ortiq eksponat olib kelingan. Muzeyning oçiliş marosimida Ronalduning akasi Ugo Aveyru ham iştirok etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Şuningdek, Portugaliya terma jamoasi Ronaldu köp yillar davomida kiyib kelgan maşhur 7-raqamning dizaynini yangilagani haqida ham xabar berilgandi. Yangi körinişda gorizontal çiziq paydo bölgan, avvalgi dizayn esa afsonaviy hujumçining merosi ramzi sifatida saqlab qolingan.
Live
Barçasi