Xitoy ilk bor xorijlik kosmonavtni kosmosga yubormoqçi
Olam
−
290 2 daqiqa
Xitoyning “Tyangun” orbital stansiyasiga ilk bor xorijlik kosmonavt borişi kutilmoqda. Pokiston vakili Muhammad Ziyoşan Ali “Şençjou-24” missiyasida iştirok etadi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Xitoyning Insonning kosmik parvozlari dasturi idorasi bayonotida pokistonlik kosmonavtning mazkur missiya tarkibiga kiritilgani ma’lum qilingan. U orbital stansiyada qisqa muddat bölib, keyin “Şençjou-23” boşqariladigan kosmik kemasida Yerga qaytadi.
“Şençjou-24” kosmik kemasi Xitoyning mamlakat şimoli-ğarbida joylaşgan Szyutsyuan sun’iy yöldoşlarini uçiriş markazidan fazoga çiqariladi.
Avvalroq, 10 iyul kuni Xitoy “Çançjen-10B” (CZ-10B) taşuvçi raketasining birinçi bosqiçini parvozdan söng boşqariladigan tarzda Yerga qaytarişni birinçi marta amalga oşirgan edi.
May oyi oxirida esa Xitoy uç nafar ekipaj a’zosi bölgan “Şençjou-23” boşqariladigan kosmik kemasini orbitaga muvaffaqiyatli çiqargan. Missiyaga 39 yoşli Çju Yançju rahbarlik qilgan. U ekipajli kosmik kemani boşqargan ilk xitoylik bort muhandisiga aylangan. Bu uning ikkinçi kosmik parvozi bölib, avval “Şençjou-16” missiyasi doirasida orbital stansiyada beş oy bölgan.
Ma’lumot uçun, Xitoy avvalroq sun’iy embrionlarni kosmosga yuborgan dunyodagi birinçi davlatga aylangan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning Chang’e-6 missiyasi orqali Oyning orqa tomonidan Yerga olib kelingan tuproq namunalari olimlarga tabiiy yöldoş tarixidagi eng yirik zarbalardan biri qanday sodir bölganini aniqlaşga yordam bergani haqida xabar berilgan edi. Tadqiqotçilar uşbu ma’lumotlar asosida Janubiy qutb — Eytken havzasining şakllaniş bosqiçlarini qayta tiklagan.
Live
Barçasi