Xitoy ilk ekipajsiz yuk taşiydigan ulkan samolyotni havoga kötardi

Olam

−

image

Xitoyda yaratilgan, dunyodagi eng yirik uçuvçisiz yuk samolyoti sifatida taqdim etilayotgan W5000 ilk sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oşirdi. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, W5000 samolyoti Xitoyning Air White Whale aviatsiya kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan. U joriy yilning 14 noyabr kuni mamlakat şimolidagi Içki Möğuliston hududida sinovdan ötkazilgan.

Sinov parvozi davomida samolyot taxminan 600 metrlik yugurişdan söng yerdan kötarilib, 2 ming metr balandlikka çiqqan. U havoda qariyb 30 daqiqa bölib, muvaffaqiyatli qöngan.

Parvoz jarayonida avtonom boşqaruv tizimi va ma’lumot uzatiş kanallari tekşirilgan. Şuningdek, muhandislar samolyotning dvigateli, avionikasi, aloqa uskunalari hamda boşqaruv tizimlarining özaro işlaşini baholagan.

W5000 ekipajsiz parvoz qiliş uçun möljallangan. Uning harakati avtonom tizim orqali boşqariladi, yerdagi mutaxassislar esa samolyotning joylaşuvi va texnik holatini kuzatib boradi. Havo kemasining yuk bölimi hajmi 65 kub metrni taşkil etadi. Samolyot 5 tonnagaça yukni 2 600 kilometr masofaga taşiş imkoniyatiga ega.

Samolyot konstruksiyasining qariyb 65 foizi uglerod tolali kompozit materiallardan tayyorlangan. Bu uning vaznini kamaytirib, köproq yuk taşiş imkonini beradi.

Işlab çiqaruvçilar W5000’dan hududlararo yuk taşiş, harorat rejimiga rioya qiliş talab etiladigan mahsulotlarni yetkaziş hamda favqulodda vaziyatlarda ta’minot işlarida foydalanişni rejalaştirmoqda. Kompaniya baholaşiga köra, samolyotda bir tonna yukni bir kilometrga taşiş xarajatlari ekipajli öxşaş yuk samolyotlariga nisbatan 60 foizdan köproq kam bölişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida yölovçi bilan uçuvçisiz havo kemasining namoyişkorona parvozi amalga oşirilgani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing