Xitoyda xorijiy davlat foydasiga josuslik qilgan amaldor ölim jazosiga hukm qilindi

Olam

−

visibility1121 timer2 daqiqa

image

Xitoyda xorijiy davlat razvedkasi bilan hamkorlik qilib, davlat sirlarini unga yetkazgan amaldor ölim jazosiga hukm qilindi. U jami 35 ta maxfiy ma’lumotni xorijga uzatgani va buning evaziga 150 ming dollardan ortiq pul olgani ma’lum böldi. Bu haqda Xitoy davlat sirlari himoyasi böyiça milliy boşqaruv bilan boğliq “Gold Wall Press” naşri xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, mahkumning familiyasi Ma bölgan. U xorijda işlab yurgan vaqtida noma’lum davlatning razvedka xizmati tomonidan topilib, hamkorlikka jalb qilingan.

Ma xorijiy razvedka vakillari bilan maxfiylik va sadoqat şartlari körsatilgan hamkorlik kelişuvini imzolagan. Şundan söng unga har oy muntazam ravişda pul tölab borilgan. Umumiy hisobda u davlat siri deb tasniflangan 35 ta ma’lumotni uzatgan va buning uçun 1 million yuan (150 ming dollardan ortiq) olgan.

Naşr xabariga köra, Kaylin ismli razvedka xodimi Ma bilan tez-tez uçraşib turgan. U xitoy tilini örganişga qiziqişini bildirib, amaldor bilan yaqinroq aloqa örnatişga uringan. Keyinçalik uni öz hamkasbi bilan taniştirgan. Bu şaxs esa Ma avvalroq maxfiy ma’lumotlarni oşkor qilgani haqida Xitoy hukumatiga xabar beriş bilan tahdid qilgan va undan hamkorlikni davom ettirişni talab qilgan.

Xitoyga qaytganidan keyin ham Ma xorijiy razvedka uçun ma’lumot töplaşda davom etgan. Unga buning uçun noutbuk berilgan. Amaldor kunduz kunlari öz lavozimidan foydalanib, maxfiy hujjatlardan kerakli ma’lumotlarni yiğgan, keçalari esa ularni josuslik veb-sayti orqali xorijga uzatgan.

“Gold Wall Press” xabarida qaysi davlat foydasiga josuslik qilingani, Ma qaçon va qayerda ölim jazosiga hukm qilingani oçiqlanmagan. Şuningdek, hukm allaqaçon ijro etilgan yoki etilmagani haqida ham ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uçun, 2023 yilda Xitoy josuslikka qarşi qonunni kengaytirib, josuslik tuşunçasiga kiruvçi faoliyat doirasini oşirgan va davlat xavfsizligi organlarining tergov vakolatlarini kuçaytirgan. 2024 yilda esa davlat sirlari töğrisidagi qonunga özgartiriş kiritilib, maxfiylik çeklovlari “xizmatga oid sirlar” deb ataluvçi ma’lumotlarga ham tatbiq etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞda Rossiya fuqarosi Igor Dyu Silikon vodiysidagi yirik texnologik va mudofaa kompaniyasi xodimlarini josuslik maqsadida kuzatganlikda ayblangandi. Tergov ma’lumotlariga köra, u xodimlar haqida ma’lumot töplagan, ularning yaşaş manzillarini aniqlagan va iş jarayonida foydalanayotgan noutbuklari ekranlarini suratga olişga uringan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing