Özbekistonda 10 oyda 231 kişi iş joylarida vafot etdi

O‘zbekiston

−

image

Özbekistonda joriy yilning 10 oyi davomida sodir bölgan baxtsiz hodisalar oqibatida 231 kişi iş joylarida vafot etdi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, 2026 yilning 10 oyi davomida 771 ta baxtsiz hodisa sodir bölgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 16 foizga yoki köp degani. Uşbu baxtsiz hodisalar oqibatida 847 kişi jabrlangan (2025 yilda 742 nafar).

Baxtsiz hodisalar turlari böyiça:

  • Guruhli: 38 ta (2025 yil: 38 ta);
  • Yengil: 2 ta;
  • Oqibati oğir: 542 ta (2025 yil: 456 ta);
  • Ölim bilan tugagan: 189 ta (2025 yil: 171 ta).

Jabrlanganlar toifasi böyiça:

  • Oğir jarohatlangan: 586 nafar (2025 yil: 523 nafar);
  • Yengil jarohatlangan: 30 nafar (2025 yil: 25 nafar);
  • Vafot etgan: 231 nafar (2025 yil: 194 nafar).

Sohalar kesimida baxtsiz hodisalar soni:

  • Sanoat-işlab çiqariş: 259 ta (33,6%);
  • Quriliş işlari: 217 ta (28,1%);
  • Boşqa sohalar: 169 ta (21,9%);
  • Savdo va xizmat körsatiş: 36 ta (4,7%);
  • Transport va logistika: 26 ta (3,4%);
  • Qişloq va suv xöjaligi: 23 ta (3,0%);
  • Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar: 23 ta (3,0%);
  • Ta’lim: 18 ta (2,3%).

Hududlar kesimida baxtsiz hodisalar soni:

  • Toşkent şahri: 155 ta;
  • Toşkent viloyati: 106 ta;
  • Qaşqadaryo viloyati: 71 ta;
  • Navoiy viloyati: 65 ta;
  • Buxoro viloyati: 63 ta;
  • Andijon viloyati: 54 ta;
  • Samarqand viloyati: 54 ta;
  • Farğona viloyati: 44 ta;
  • Sirdaryo viloyati: 34 ta;
  • Namangan viloyati: 30 ta;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi: 27 ta;
  • Surxondaryo viloyati: 24 ta;
  • Jizzax viloyati: 21 ta;
  • Xorazm viloyati: 20 ta.

Eslatib ötamiz, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida Özbekistonda mehnat faoliyati bilan boğliq 447 ta baxtsiz hodisa qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing