Jazo muqarrar. Boğça tarbiyalanuvçisining ölimiga sabab bölgan şaxs qamaldi
Tahlil
−
21:18 699 4 daqiqa
Namanganda 5 yaşar qizga nisbatan zöravonlik böyiça sud boşlanadi
Joriy yilning sentyabr oyida Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqidagi xabarlar OAV larida tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan şaxs protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Holat böyiça tergovni Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev şaxsan nazoratga olgan edi. Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qizçani zörlagan ombor mudiriga maksimal oğir jazo berilişini ma’lum qilgan.
Oradan 2 oy ötgaç 5 yoşli qizga nisbatan sodir etilgan jinoyat böyiça qözğatilgan iş 2026 yilning 18 noyabr kuni sudda körib çiqiladigan böldi. Ma’lum qilinişiça, mazkur jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Norin tuman sudining iş yurituviga kelib tuşgan. Jabrlanuvçi voyaga yetmagan şaxs bölgani uçun sud muhokamasi yopiq tarzda ötkaziladi. Sud jarayoni yakunlanganidan söng iş böyiça qöşimça ma’lumotlar qonunçilikda belgilangan tartibda taqdim etilişi ma’lum qilingan.
Boğça bolasining ölimiga sabab bölgan şaxs qamaldi
Namanganda tarbiyalanuvçi bilan sodir bölgan mudhiş voqea yuzasidan sud işi boşlangan bölsa, Qaşqadaryoda 3 yaşar boğça bolasining ölimiga sabab bölgan şaxs qamaldi.
Joriy yilning iyun oyida viloyatning Qamaşi tumanida xususiy boğça tarbiyalanuvçisi bölgan qizaloq maşina içida qolib, vafot etgan edi.
Ma’lum bölişiça, sudlanuvçi otasining nomiga rasmiylaştirilgan oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim muassasasini norasmiy ravişda boşqargan. U joriy yilning 4 iyun kuni ertalab avtomaşinada tarbiyalanuvçilarni boğçaga olib kelgan. Avtomobildan bolalarni tuşiriş jarayonida ularning hammasi tuşganini tekşirmasdan, 2023 yilda tuğilgan qizçani maşina içida qoldirib, eşiklarni qulflab ketgan.
Qizça maşina içida qolib ketişi oqibatida havo harorati yuqori bölgan yopiq muhitda nafas ololmay vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertizasiga köra, ölimga yuqori harorat ta’sirida rivojlangan ötkir yurak-qon tomir va nafas yetişmovçiligi sabab bölgan.
Şuningdek, sudlanuvçi boğçada aslida işlamagan şaxslarni soxta hujjatlar orqali rasmiylaştirib, byudjetdan ajratilgan 26 million sömdan ortiq mablağni özlaştirganlikda ham aybli deb topilgan. Sud jarayonida yetkazilgan moddiy zarar töliq qoplangan.
Uşbu iş joriy yilning 14 oktyabr kuni jinoyat işlari böyiça Kitob tuman sudida körib çiqilgan. Sudda şaxs aybiga töliq iqror bölgan.
U Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Bolalar sel suvini keçib maktabga boryapti
Siz körgan kadrlar 70–80 yillarga tegişli emas. U yerdagi muhit öşa davrni eslatsa ham voqea 2026 yilda Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida kuzatilgan. Köriş mumkinki, öquvçilar sel keçib, ta’lim oliş uçun hayotlarini xavf ostiga qöyib maktabga boryapti. Ularni kattalar opiçib seldan ötkazib qöyyapti. Ya’ni maktabga boriş va kelişda bolalarni seldan ötkaziş uçun kattalar yordami kerak.
“Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandan söng izohlarda baxtsiz hodisa sodir bölsaçi, bunga kim javob beradi? Ularga ta’lim oliş uçun nafaqat kitob va daftar, qişki issiq kiyimlar, balki rezina etiklar ham kerak böladi” kabi fikrlar bildirilgan.
Ma’lum qilinişiça, holat haqida mas’ul taşkilotlar xabardor va muammoga yeçim topiş yuzasidan tegişli işlar olib borilmoqda.
Jasmina Murtazoyeva
Live
Barchasi