Xitoy olimlari Oy tarixidagi eng ulkan zarba izining tarixini qayta tikladi
Bu qiziq
−
15:44 329 3 daqiqa
Xitoyning Chang’e-6 missiyasi orqali Oyning narigi tomonidan Yerga olib kelingan tuproq namunalari olimlarga sun’iy yöldoş tarixidagi eng yirik zarbalardan birining qanday sodir bölganini aniqlaşga yordam berdi. Tadqiqotçilar Janubiy qutb – Eytken havzasining şakllaniş bosqiçlarini qayta tikladi. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Janubiy qutb – Eytken havzasi Oyning narigi tomonida joylaşgan bölib, uning diametri taxminan 2 050–2 400 kilometr, çuqurligi esa 12 kilometrgaça yetadi. U Quyoş tizimidagi eng yirik zarba havzalaridan biri hisoblanadi. Olimlarning taxminiça, u milliardlab yillar avval ulkan kosmik jismning Oy yuzasiga kelib urilişi natijasida hosil bölgan.
2024 yilda Xitoyning Chang’e-6 missiyasi uşbu havza hududidagi Apollon krateridan qariyb 1,9 kilogramm tuproq va toğ jinsi namunalarini Yerga olib kelgan. Bu Oy tarixida uning narigi tomonidan tuproq namunalari olib kelinişi böyiça ilk missiya hisoblanadi.
Gonkong universitetidan Yuysi Syan va Goçun Çjao boşçiligidagi xalqaro olimlar guruhi namunalar tarkibini örganib, ularni Chang’e-4 missiyasi doirasida olingan ma’lumotlar hamda orbital kuzatuvlar bilan taqqoslagan.
Tadqiqot natijalariga köra, örganilgan hududdagi tuproq qotib qolgan lava va qadimiy töqnaşuvlar natijasida yuzaga çiqqan toğ jinslari aralaşmasidan iborat. Hisob-kitoblarga köra, mahalliy lava bilan boğliq bölmagan jinslar umumiy tarkibning 40–50 foizini taşkil qiladi. Ularning katta qismi Chaffee S krateri hosil bölişi bilan boğliq zarba natijasida yuzaga çiqqan.
Olimlar tahlillar asosida bir neça milliard yil avval sodir bölgan 3 ta yirik hodisani ajratib körsatgan. Birinçisi, taxminan 4,34 milliard yil avval Janubiy qutb – Eytken havzasini hosil qilgan ulkan töqnaşuv bölgan. Keyinroq, taxminan 4,2 milliard yil avval, uşbu havza içida Apollon zarba havzasi şakllangan.
Taxminan 3,87 milliard yil avval esa Orientale havzasini yuzaga keltirgan yana bir yirik töqnaşuv sodir bölgan. Uning oqibatida tadqiqot hududi önlab metr qalinlikdagi jins qoldiqlari bilan qoplangan bölişi mumkin.
Tadqiqotçilarning qayd etişiça, olingan natijalar Oyning eng yirik zarba havzasi tarixidagi muhim bosqiçlarni tuşunişga yordam beradi. Biroq uşbu voqealar ketma-ketligi hozirça tuproq namunalari, sun’iy yöldoş kuzatuvlari va ilmiy hisob-kitoblar asosida tiklangan. Havzaning boşqa hududlaridan olinadigan yangi namunalar esa xulosalarni yanada aniqlaştirişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar Oyga insonni qöndiriş va ilmiy tadqiqotlar ötkaziş uçun eng maqbul deb topilgan 4 ta hududni belgilagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi