Tramp Si va Putin bilan uçraşuvda Ukraina masalasini muhokama qilmaydi

Olam

−

image

AQŞ Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida ötkaziladigan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammiti doirasida XXR Raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşmoqçi. Tramp Şençjenda Ukrainadagi uruşni tugatiş masalasini muhokama qilişni rejalaştirmayapti, uç tomonlama suhbatning asosiy mavzusi esa Amerikaning Eronga qarşi uruşi böladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

“Avvalroq, Tramp Si bilan munosabatlarini döstona deb körsatişga uringan edi, biroq Erondagi uruş ular uçun sinov böldi. Jangovar harakatlar Pekinning Tehron bilan şakllangan iqtisodiy aloqalarini izdan çiqardi, şu bilan birga XXR hamkorlariga harbiy yordam körsata boşladi, biroq AQŞ Prezidenti buni omma oldida tan olmayapti”, deyiladi xabarda. 

Şuningdek, CNN’ning yozişiça, Tramp Si va Putin bilan yadroviy qurolsizlaniş masalalarini ham muhokama qilişni istaydi, ammo Oq uydagilar Xitoy yetakçisi va Rossiya Prezidentining uşbu suhbatga qay darajada tayyor ekanligiga şubha bilan qaramoqda. 

“Biz biror-bir kelişuvga erişilişini kutmayapmiz. Men buni boşlanğiç nuqta sifatida ta’riflagan bölardim”, deya qöşimça qilgan OAV suhbatdoşlaridan biri.

Qayd etiş joiz, Si va Tramp örtasidagi suhbat Qöşma Ştatlar uçun şov-şuvli bölgan – ma’şuqasi Elis Xuang Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan Nvidia kompaniyasining sobiq boş direktori Jensen Xuang atrofidagi mojaro fonida bölib ötadi. Garçi Tramp ma’muriyati xodimlari uşbu hodisaning ahamiyatini pasaytirib körsatişga urinayotgan bölsa-da, bu Prezidentning Şençjenga taşrifiga aloqador bölmasligini va u Si Szinpin bilan bu masalani kötarmasligini ta’kidlamoqda.

Amerikalik diplomatlar yana bir noqulay omil sifatida XXR va Tayvan örtasidagi vaziyatni körsatmoqda. Joriy yilning kuzida Pekin va Taybey munosabatlari öta keskinligiça qolmoqda. Noyabr oyi boşida Xitoy floti tarixdagi eng yirik harbiy maşğulotlardan birini ötkazdi va Tayvanda buni materikdan orolga bostirib kiriş “repetitsiyasi” sifatida baholadi. Şundan söng, Si omma oldida “vatanning muqarrar birlaşuvi” haqida e’lon qildi va Tayvan xalqini “ayirmaçi kuçlarga” qarşi turişga çaqirdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing