Kometalar Yerni emas, Marsni hayot uçun zarur moddalar bilan köproq boyitgan bölişi mumkin
Olam
−
18:15 261 2 daqiqa
Kometalar hayot paydo bölişi uçun zarur kimyoviy moddalarni Yerga emas, Marsga köproq yetkazgan bölişi mumkin. Yangi tadqiqotga köra, Qizil sayyorada bunday moddalarning saqlanib qoliş ehtimoli Yerdagidan ança yuqori bölgan. Bu haqda “Naked Science” naşri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Kembrij universiteti Astronomiya instituti va Kavendiş laboratoriyasi olimlari kometalarning Yer, Mars va Veneraga tuşiş jarayonini kompyuter modeli orqali örgangan. Tadqiqotda hayot paydo bölişi uçun muhim hisoblangan sinil kislotasi (HCN) molekulasining sayyoralarga qança miqdorda yetib borişi va saqlanib qolişi mumkinligi tahlil qilingan.
Olimlar Yerga tuşgan kometalarning aksariyati atmosferada parçalanganini, qolganlarining köp qismi esa okeanga tuşganini aniqlagan. Bunday şaroitda sinil kislotasi yo atmosferada tarqalib ketgan, yoki suvda erib, hayot paydo bölişi uçun zarur konsentratsiyaga yeta olmagan. Quruqlikka tuşgan kometalarda esa kuçli issiqlik ta’sirida uşbu molekulalar parçalangan bölişi mumkin.
Hisob-kitoblarga köra, kometalar Yerga jami 26,5 milliard tonna sinil kislotasini butun holda yetkazgan bölişi mumkin. Biroq bu miqdor okean suvida juda past konsentratsiyani hosil qilgan. Olimlar qayd etişiça, bu hayot paydo bölişi uçun zarur bölgan körsatkiçdan bir neça daraja past.
Tadqiqotda Mars va Veneradagi şaroitlar ham taqqoslangan. Veneraning ziç atmosferasi kometalarni hatto sayyora yuzasiga yetib bormasidan parçalaşi mumkin. Marsda esa atmosferaning siyrakligi va tortişiş kuçining pastligi tufayli Yerga nisbatan 8,5 baravar köproq kometa tarkibidagi sinil kislotasi saqlangan holda sayyora yuzasiga yetib borişi mumkin bölgan.
Şu sababli olimlar Marsni hayot uçun zarur kimyoviy moddalarning kosmosdan kelib tuşişi nuqtai nazaridan Yerga qaraganda qulayroq sayyora deb baholamoqda. Biroq bu hisob-kitoblar Marsning hozirgi şaroitiga asoslangan.
Planetologlar esa qadimda Marsda dengizlar bölgani va sayyora atmosferasi hozirgiga nisbatan ança ziç bölganini körsatuvçi dalillarni kuzatmoqda. Bu esa öşa davrda kometalardan kelgan moddalarning saqlanib qolişiga qanday ta’sir körsatgani haqida qöşimça savollarni keltirib çiqaradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afrikaning Mali davlati hududidagi Sahroi Kabirdan 2022 yilda topilgan Mars meteoritining yoşi kamida 4,1 milliard yil ekani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi