NASA Oyda yaşaş va işlaş uçun nomzodlarni qidirişni boşladi

Bu qiziq

−

image

NASA Artemis dasturida iştirok etadigan va Marsga birinçi boşqariladigan parvozlarni tayyorlaşga yordam beradigan nomzodlarni qidirişni boşladi. Bu haqda “Gizmodo” xabar berdi.

Qayd etilişiça, yangi qabul qilinganlar Oy yuzasiga qöniş va vazifalarni bajariş uçun maxsus tayyorgarlikdan ötadi. Agentlik ularni Yer yöldoşida doimiy baza yaratişga jalb qilişni rejalaştirmoqda.

Dasturda iştirok etiş uçun faqat biologiya, kompyuter fanlari yoki injenerlikni öz içiga olgan aniq, tabiiy yoki texnika fanlari böyiça magistr darajasiga ega AQŞ fuqarolari da’vogarlik qilişi mumkin. Idora saytida arizalarni qabul qiliş bir oydan kam vaqt davom etadi va 2026 yil 3 dekabrda yakunlanadi, bölajak koinot zabt etuvçilarning yakuniy röyxati esa 2027 yilning oxirida tasdiqlanadi.

Parallel ravişda NASA zarur uskunalar va yuklarni Oy yuzasiga yetkazib beriş masalasini hal qilmoqda. Agentlik “Commercial Lunar Payload Services” (CLPS) dasturining ikkinçi bosqiçi doirasidagi kontraktlar uçun tanlov oçgan. Ularning umumiy qiymati ön yil davomida 10 milliard dollargaça taşkil etişi mumkin. 

Tanlovga arizalarni sakkizta xususiy aerokoinot korxonasi topşirgan. Ularning röyxatiga SpaceX, Blue Origin va Lockheed Martin Space kirgan. Tender ğoliblari ilmiy uskunalar va oğir texnikani yetkazib berişga möljallangan qöniş apparatlarini yiğiş va ekspluatatsiya qiliş bilan şuğullanadi. Boeing korporatsiyasi Starliner kemasi bilan boğliq muammolar sababli tanlovda iştirok etmayapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Olimlar Oyga insonni qöndiriş va ilmiy tadqiqotlar ötkaziş uçun eng maqbul deb topilgan törtta hududni belgilagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing