NASA asteroidga zarba berdi: tört yildan söng kutilmagan özgarişlar aniqlandi
Bu qiziq
−
3161 4 daqiqa
NASA tört yil avval Dimorphos asteroidiga kosmik apparatni ataylab urib, uning harakatini özgartirişga uringan edi. Endi olimlar töqnaşuvdan keyin olingan yangi suratlarni e’lon qildi. Ularda asteroid yuzasida katta krater paydo bölgani va uning atrofida yuzlab qoyatoşlar soçilib yotgani körinadi. Olimlar bu özgarişlarni örganiş orqali kelajakda Yerga xavf tuğdirişi mumkin bölgan asteroidlarni yönalişidan çetlatiş usullarini işlab çiqmoqçi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Diametri qariyb 160 metr bölgan Dimorphos asteroidiga NASA 2022 yil 26 sentyabr kuni DART kosmik apparatini ataylab urib yuborgan. Oğirligi yarim tonnaga yaqin bölgan apparat asteroid bilan soatiga 13 ming mildan ortiq tezlikda töqnaşgan. Zarba oqibatida kosmosga katta miqdorda toş bölaklari soçilgan.
.png)
Yerda joylaşgan teleskoplar kuzatuvi tajriba muvaffaqiyatli bölganini körsatgan. Töqnaşuvdan söng Dimorphosning undan kattaroq Didymos asteroidi atrofida aylaniş vaqti 33 daqiqaga qisqargan. NASA avvalroq vaqtning atigi 73 soniyaga özgarişi ham tajriba muvaffaqiyati uçun yetarli bölişini bildirgan edi.
Biroq zarba asteroidning öziga qanday ta’sir qilgani, undan qança material ajralib çiqqani va şakli qay darajada özgargani noma’lumligiça qolgan.
Bu savollarga javob topiş uçun Yevropa kosmik agentligi 2024 yil 7 oktyabr kuni Hera missiyasini uçirgan. Ikki yillik parvozdan söng kosmik apparat joriy oyda Dimorphos va Didymos asteroidlariga yetib kelib, ularni 25–30 kilometr masofadan örganişni boşlagan.
Hera missiyasining boş tadqiqotçisi Patrik Mişelning aytişiça, olimlar Dimorphos töqnaşuv natijasida krater hosil qilganmi, şaklini özgartirganmi yoki avvalgi holiça qolganmi, degan savolga javob izlagan. Yangi suratlar esa uçala holat ham yuz berganini körsatgan.
Xususan, DART apparati urilgan asteroid yuzasi yassilanib, butun kengligi böylab stadion kattaligidagi kraterga aylangan. Şuningdek, zarba Dimorphosning öz orbitasida tartibsiz aylanişiga sabab bölgan.
Hera missiyasi olimi Maykl Kyuppersning bildirişiça, yana bir kutilmagan holat — asteroidlar atrofida bir neça metr kattalikdagi yuzlab qoyatoşlar aylanayotgani aniqlangan.
Yevropa Janubiy observatoriyasi astronomi Maykl Marsening fikriça, yangi suratlar asteroidlar bilan töqnaşuv jarayonini örganiş uçun noyob imkoniyat yaratadi. Çunki olimlar birinçi marta zarbadan oldingi va keyingi holatni batafsil soliştiriş imkoniga ega bölmoqda. Uning ta’kidlaşiça, zarba Dimorphosning taşqi, yemirilgan qatlami ostidagi materiallarni ham oçib bergan bölişi mumkin.
Kelgusi oylarda Hera apparati asteroidga yanada yaqinlaşadi va ikkita kiçik sun’iy yöldoşni uçiradi. Ulardan biri radar yordamida Dimorphosning içki tuzilişini örganadi.
Olimlarning ta’kidlaşiça, asteroidni yönalişidan oğdiriş uçun faqat kosmik apparatning zarbasi yetarli emas. Bunda asteroidning içki tuzilişi, qançalik mustahkamligi va töqnaşuv paytida undan qança material ajralib çiqişi ham muhim.
Mutaxassislar Yerga xavf solişi mumkin bölgan asteroidlarni imkon qadar erta aniqlaş zarurligini ham ta’kidlamoqda. Agar bunday osmon jismlari bir neça yil yoki ön yillik oldin aniqlansa, ularning tezligini ozgina özgartiriş ham Yer bilan töqnaşuvning oldini olişga yordam berişi mumkin. Aksinça, asteroid xavfi töqnaşuvga bir neça oy qolganda aniqlansa, çoralar köriş imkoniyati ança çeklanadi.
Çilidagi Vera Rubin observatoriyasi va NASAning kelajakda uçirilişi rejalaştirilgan Near-Earth Object Surveyor kosmik teleskopi bunday asteroidlarni ertaroq aniqlaş imkoniyatini oşirişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Maks Plank jamiyatining Quyoş tizimini tadqiq qiliş instituti olimlari Yupiter orbitasidan keyingi hudud sayyoralar va asteroidlarning quriliş bloklari bölmiş planetezimallar şakllanişidagi asosiy “fabrika”lardan biri bölgan bölişi mumkinligini aniqlagan edi.
Live
Barçasi