8 yillik safardan söng kosmik apparat Merkuriyga yetib bordi
Bu qiziq
−
08:45 2239 3 daqiqa
Yevropa va Yaponiya tomonidan birgalikda amalga oşirilayotgan BepiColombo kosmik missiyasi sakkiz yildan ortiq davom etgan parvozdan söng Merkuriyga yetib bordi. Endi apparat sayyora orbitasiga çiqişga tayyorlanmoqda. Missiya davomida Merkuriy yuzasi, içki tuzilişi, magnit maydoni va uning Quyoşga yaqin joylaşganiga qaramay, nega bunçalik ziç ekani örganiladi. Bu haqda “The Guardian“ xabar berdi.
Qayd etilişiça, BepiColombo missiyasi Merkuriy orbitasiga çiqqan tarixdagi ikkinçi kosmik missiya böladi. Buning uçun ertaga, 21 noyabr kuni kosmik apparat dvigatellari işga tuşirilib, uning tezligi pasaytiriladi va sayyora orbitasiga yönaltiriladi.
Qiymati 1,6 milliard yevro bölgan loyiha olimlarga Merkuriy qanday şakllangani, nima sababdan magnit maydoniga egaligi va uning doimiy soya tuşadigan kraterlarida saqlanayotgan muz tarkibini örganiş imkonini beradi.
Merkuriyga yetib boriş oson bölmagan. Sayyora Quyoşga yaqin joylaşgani sababli kosmik apparatlar uning kuçli tortiş maydoni ta’sirida tezlaşadi. Şu bois apparat sayyorani şunçaki aylanib ötib ketmasligi uçun parvoz davomida tezligini bir neça bor pasaytirişi kerak böladi.
Lester universiteti professori Emma Bunse bu missiya ustida 20 yildan beri işlayotganini aytib, uning natijalarini uzoq kutilgan voqea sifatida baholagan.
Dekabr oyi boşida BepiColombo ikkita mustaqil orbital apparatga ajraladi. Ulardan biri Yevropa, ikkinçisi Yaponiya tomonidan boşqariladi. Har ikki apparat Merkuriy atrofidagi turli qutbiy orbitalarga joylaşadi. Ilmiy kuzatuvlar esa 2027 yil aprel oyida boşlanişi rejalaştirilgan.
Yevropaga tegişli Mercury Planetary Orbiter (MPO) apparati Merkuriy yuzasi va tarkibini yuqori aniqlikda xaritalaydi. Şuningdek, sayyoraning içki tuzilişini örganib, uning yadrosi nega bunçalik katta ekanini aniqlaşga yordam beradi.
Yaponiyaning orbital apparati esa Merkuriy magnit maydoni va ekzosferasini örganadi. Ekzosfera sayyorani örab turgan juda siyrak gaz va atomlar qatlamidir.
Merkuriy Oydan atigi 50 foizga katta bölsa-da, uning massasi Oynikidan tört baravar köp. Olimlar sayyoraning bunday ziçlikka ega böliş sabablarini ham aniqlaşni rejalaştirgan.
Yevropa kosmik agentligining BepiColombo loyihasi böyiça yetakçi olimi Jeraynt Jons missiya natijalari katta ilmiy ahamiyatga ega bölişini ta’kidlagan. Uning aytişiça, ikkita kosmik apparatdagi zamonaviy qurilmalar yordamida Merkuriy yuzasi, içki tuzilişi va atrofidagi fazo batafsil örganiladi.
Merkuriy Quyoş tizimidagi eng keskin harorat özgarişlari kuzatiladigan sayyoralardan biri hisoblanadi. U öz öqi atrofida 58 Yer kunida bir marta aylanadi. Şu sababli uning ayrim hududlarida uç oy davomida kunduz, keyingi uç oy esa tun kuzatilişi mumkin.
Sayyora Quyoşdan 36 million mil uzoqlikda joylaşgan. Uning yuzasida kunduzgi harorat 450 darajagaça kötarilsa, tunda minus 180 darajagaça tuşadi.
Missiya davomida maxsus kameralar Merkuriy yuzasini turli tölqin uzunliklarida suratga oladi. Şuningdek, apparatlar sayyora atrofidagi gazlarni tahlil qiladi, magnit maydonini ölçaydi va sezgir qurilmalar yordamida uning içki tuzilişini tekşiradi. Lazer yordamida esa sayyoraning umumiy şakli xaritaga tuşiriladi.
BepiColombo apparatlari Merkuriy orbitasida taxminan uç yil işlaşi kutilmoqda. Şundan söng ularning yonilğisi tugaydi, orbital balandligi pasayadi va ular sayyora yuzasiga qulaydi. Missiya yakunida kosmik apparatlar Yerga qaytarilmaydi.
Live
Barchasi