O‘zbekistonliklar noyob hodisaga guvoh bo‘lishi mumkin

Bu qiziq

image

Joriy yilning 28 fevral kuni O‘zbekiston aholisi noyob astronomik hodisa – oltita sayyoradan iborat paradni kuzatishi mumkin. Bu haqda kecha, 25 fevral kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Merkuriy, Venera, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun bir vaqtning o‘zida osmonning bir qismida jamlanadi. Sayyoralar Quyosh botgandan so‘ng janubi-g‘arbiy ufq tomonida paydo bo‘ladi. Ularni respublikaning barcha hududlaridan kuzatish mumkin.

Oltita sayyoradan to‘rttasi – Merkuriy, Venera, Yupiter va Saturnni oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Uran va Neptun esa xira ko‘ringani sababli teleskop yoki binokl yordamida kuzatiladi.

Mutaxassislarning tushuntirishicha, sayyoralar paradi bu ikki yoki undan ortiq sayyoralarning osmon gumbazida bir chiziqqa yaqin joylashishi hodisasidir. To‘rttagacha sayyora ishtirok etadigan holat kichik parad deyiladi va u deyarli har yili sodir bo‘ladi. Besh yoki undan ortiq sayyora ishtirokidagi hodisa katta parad hisoblanadi va o‘rtacha 18–20 yilda bir marta kuzatiladi. Sakkizta sayyora bir safga kelishi esa taxminan 170 yilda bir marta yuz beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Science Advances” jurnali e’lon qilgan maqolada yerga o‘xshash sayyoralar koinotda ancha ko‘p uchrashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Venera Merkuriy sayyoralar paradi Yupiter Saturn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing