Marsda barmoq izi körinişidagi sirli toşlar aniqlandi

Bu qiziq

−

visibility287 timer2 daqiqa

image

Marsda 5 ga 15 kilometr ölçamdagi ulkan barmoq izi şaklidagi naqşni hosil qilgan oç rangli yirik toşlarning uzun egri-bugri qatorlari aniqlandi. Uşbu geologik tuzilma NASA’ning Mars Reconnaissance Orbiter orbital apparatidagi HiRISE yuqori aniqlikdagi kamerasi tomonidan qayd etilgan. Bu haqda “ScienceAlert” xabar berdi.

Qayd etilişiça, ğayrioddiy relefga ega hudud Mars ekvatori yaqinidagi Farsida vulqon mintaqasida, 5 ming 455 metr balandlikda joylaşgan. 2002 yilgi arxiv orbital suratlarida bu joy deyarli tekis köringan, biroq yangi kadrlar oraliği 5 dan 10 metrgaça bölgan aniq toş qatorlarini köriş imkonini bergan.

AQŞ Geologiya xizmati planetologi Pol Gaysler topilmaning noyobligini tasdiqlagan. Mutaxassislar ilgari Qizil sayyoraning birorta boşqa hududida bunga öxşaş simmetrik naqşlarni qayd etmagan.

Toş tizmalarining kelib çiqişi borasida hozirça yagona tuşuntiriş yöq, ammo planetologlar ikkita asosiy versiyani körib çiqmoqda:

  • Yerdagi qutbböyi va baland toğli hududlarda haroratning köp martalik keskin özgarişi toğ jinslarini saralab, yirik xarsang toşlarni mayda fraksiyalardan çiziqlar va köpburçaklar şaklida ajratadi;
  • Mars zilzilalari paytida “Braziliya yonğoği effekti” deb ataluvçi hodisa işga tuşadi: tuproqning mayda zarralari pastga tökilib, yirik toşlarni yuzaga siqib çiqaradi.

Tadqiqotçilar seysmik faollik köp tonnali xarsang toşlarni bu qadar geometrik jihatdan töğri yoylar şaklida tizib çiqişga qodirmi yoki yöqmi, şuni aniqlaşlari kerak böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar Somon yöli galaktikasining umumiy massasini taxminan 1,19 trillion Quyoş massasiga teng deb baholagan edi. Yangi hisob-kitoblar avvalgi ayrim tadqiqotlarda keltirilgan natijalardan ança yuqori bölib, ölçovlar xatoligi 11 foizni taşkil etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing