Jazman yoki josus: dunyoning eng yirik videokartalar kompaniyasi rahbari xotiniga xiyonat qildi

Tahlil

−

Reklama
0:00

Amerikaning eng yirik texnologik kompaniyalaridan biri Nvidia rahbari Jensen Xuang atrofida katta mojaro yuzaga keldi. Kompaniya asosçisi va boş direktori xotiniga xiyonat qildi. U qaysi mega-jin birovning eriga osiladi, desangiz, gap Nvidia mahsulotlarini sotib oluvçi Singapurning Megaspeed kompaniyasi top-menejeri Elis Xuang haqida bormoqda. Qiziği, Elis xonim AQŞ maxsus xizmatlari tomonidan Xitoy razvedkasi bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Ya’ni, u xuştori Jensen Xuangning könglini ovlaş bahonasida u haqida Xitoy Davlat xavfsizligi vazirligiga “quloqlik” ham qilgan.

Mediada tarqalgan bu xabarlar ortidan Nvidia direktorlar kengaşi mustaqil tekşiruv boşladi. AQŞ Kongressining uçta qömitasi kompaniya rahbaridan izoh talab qildi. Xitoy hukumati esa josuslik haqidagi da’volarni rad etdi.

Masalaning yana bir tomoni “oşiq-moşiqli” mojaro Nvidia’ning milliardlab dollarlik çip savdosi, AQŞning Xitoyga nisbatan texnologik çeklovlari va sun’iy intellekt sohasidagi global raqobat bilan ham boğliq.

Xöş, Jensen Xuang kim bilan munosabatda bölgan, ayol aslida kim – ma’şuqa yoki quloq? Bordi-yu, ikkovidan biri bölgan taqdirda ham, AQŞ razvedkasi bu ma’lumotlarni qanday aniqlagan? Nega oraga yöq joydan Megaspeed kompaniyasi ham aralaşib qolyapti? Nvidia rahbari atrofidagi öta şaxsiy va yotoği bilan boğliq mojarodan Amerika nima sababdan bezovtalanib qoldi? Bir neça daqiqangizni ayamasangiz, şu savollarga birgalikda javob topamiz. Assalomu alaykum!

Oşiq-moşiq öyini qanday boşlangan?

Jensen Xuang atrofidagi mojaro haqida dastlab “The New York Times” naşri xabar tarqatdi. Naşrning yozişiça, Nvidia rahbari Elis Xuang ismli ayol bilan yaqin munosabatda bölgan. Ular familiyadoş, biroq qarindoş emas. Elis Xuang Xitoy fuqarosi bölib, avval mamlakatda telejurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Keyinçalik u Singapurda joylaşgan Megaspeed kompaniyasining yuqori lavozimli rahbarlaridan biriga aylangan.

Bu kompaniya ma’lumotlar markazlari va sun’iy intellekt infratuzilmasi bilan şuğullanadi. Megaspeed Nvidia çiplarini xarid qiluvçi yirik mijozlardan biri hisoblanadi.

“Associated Press” naşrining ma’lumotiga köra, Megaspeed sönggi ikki yil içida Nvidia’dan 4,8 milliard dollardan ortiq qiymatdagi çiplarni sotib olgan. AQŞ maxsus xizmatlari esa kompaniya faoliyatiga avvaldan e’tibor qaratib kelgan. Çunki Vaşingtonda Megaspeed Xitoy kompaniyalariga AQŞ eksport çeklovlari ostidagi ilğor sun’iy intellekt çiplarini yetkazib berişga yordam bergan bölişi mumkin, degan şubhalar mavjud edi.

“The New York Times” xabariga köra, AQŞ razvedka xizmatlari Elis Xuangni kuzatgan va uning Xitoy Davlat xavfsizligi vazirligi tomonidan yollanganini aniqlagan. Ayolga Jensen Xuang haqida ma’lumot töplaş vazifasi yuklatilgan.

Bundan taşqari, Pekin Nvidia rahbariga ta’sir ötkaziş va kompaniyaning eng ilğor çiplarini Xitoy bozoriga yetkazib berişga erişişdan manfaatdor bölgan bölişi mumkin.

Şuni aytib ötiş kerakki, AQŞ razvedkasining Elis Xuangga oid xulosalari OAV tomonidan anonim manbalarga tayanib yoritilgan. Uning josuslik faoliyati yoki Nvidia sirlarini Xitoyga uzatgani böyiça oçiq e’lon qilingan sud qarori yoki tasdiqlangan dalillar hozirça yöq.

AQŞ razvedkasi Jensen Xuangni qanday kuzatgan?

AQŞ maxsus xizmatlari Elis Xuangni bir yildan köproq vaqt davomida kuzatgan. Razvedka xodimlari uning Jensen Xuang bilan xabar almaşib turganini aniqlagan. Ularning fikriça, bu muloqot oddiy işbilarmonlik aloqalaridan taşqariga çiqqan va işqiy munosabat tusini olgan. AQŞ razvedkasi Elis Xuangning Xitoy Davlat xavfsizligi vazirligi bilan aloqadorligi haqidagi ma’lumotlarni yuqori lavozimli hukumat vakillariga yetkazgan.

Hatto uşbu “sevgi öyinlari”dan Qöşma Ştatlar Prezidenti Donald Tramp ham xabardor bölgan. Bu haqidagi ma’lumotlar Tramp ma’muriyatidagi yuqori lavozimli mulozimlar orasida tarqatilgan maxsus ma’ruzaga ham kiritilgan va Trampga Elis Xuangning kuzatilayotgani hamda Jensen Xuang bilan aloqasi haqida ma’lumot taxminan bir yil oldin berilgan.

“Financial Times” ham AQŞ maxsus xizmatlari tayyorlagan ma’ruza Trampning Xitoyga taşrifi va Si Szinpin bilan uçraşuvi oldidan yuqori lavozimli amaldorlar orasida tarqatilganini yozdi.

AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio esa 8 noyabr kuni jurnalistlarning Jensen Xuang bilan boğliq savollariga javob berişdan boş tortdi.

“Bu masalaning alohida mohiyati sababli izoh bera olmayman. Şuningdek, Nvidia içida davom etayotgan korporativ masala yuzasidan ham fikr bildirmayman”, dedi Rubio.

Hozirça razvedka xodimlari Elis Xuang aynan qanday ma’lumotlarni qölga kiritgani, ularni Xitoyga uzatgan-uzatmagani va bu ma’lumotlar AQŞ milliy xavfsizligi uçun qançalik muhim bölgani töliq oçiqlanmagan.

Megaspeed va Xitoyga çip yetkazib beriş masalasi

Dastlabki daqiqalarda men sizga aniqlaştirib berişga va’da bergan savollarga javob topiş uçun bir-biriga yetti yot begona bölişi bilan birga, öta yaqin taniş bölgan familiyadoş Xuanglar işida Megaspeed kompaniyasining örni haqida ham alohida töxtaliş kerak böladi. Xullas, eşiting, AQŞning xavotirlari faqat Jensen Xuangning şaxsiy munosabatlari bilan boğliq emas. Gap Xitoyga ilğor sun’iy intellekt çiplarining yetkazib berilişi bilan ham boğliq.

AQŞ hukumati 2022 yildan boşlab amerikaliklar uçun Xitoyning ilğor yarimötkazgiçlar va ularni işlab çiqariş texnologiyalaridan foydalaniş imkoniyatlarini çeklaşga kirişgan.

Vaşington bu işini milliy xavfsizlik bilan izohlaydi. Amerika rasmiylari ilğor çiplar Xitoyning harbiy, texnologik va sun’iy intellekt sohasidagi imkoniyatlarini kuçaytirişi mumkinligidan xavotirda. Ya’ni, Amerika özidan Xitoyni özib ketişini istamayapti, oçiqroq aytganda esa, içi qoralik qilyapti. Sababi, Nvidia aynan şu çiplarni işlab çiqaruvçi dunyodagi eng muhim kompaniyalardan biri.

“The New York Times” 2025 yilning 9 oktyabr kuni AQŞ Savdo vazirligi Megaspeed faoliyatini ham örganganini yozgan. Kompaniya Xitoydagi taşkilotlarga eksport çeklovlari ostidagi çiplarni qayta sotiş yoki boşqa yöllar bilan yetkazib berişga yordam bergan bölişi mumkin, degan gumonlar bölgan.

Şu sababli Elis Xuangning Nvidia rahbari bilan yaqin munosabatlari AQŞ razvedkasi e’tiborini tortgan.

“TechCrunch” naşriga bergan izohida Nvidia vakili Jensen Xuangning Elis Xuang bilan uçraşuvlari boşqa mijozlar bilan böladigan odatiy işbilarmonlik aloqalaridan farq qilmasligini ta’kidlagan.

“Jensenning Xuang xonim bilan muloqotlari odatiy. Bu alohida kutilmagan holat emas. Mijozlar bilan uçraşuvlar boş direktorning xizmat vazifasiga kiradi. Jensen har yili minglab mijoz kompaniyalar rahbarlari bilan muloqot qiladi”, deydi u.

Kompaniya vakilining aytişiça, Osiyodagi bulutli xizmatlar körsatuvçi mijozlarga Nvidia’ning maxfiy tijorat sirlari yoki milliy xavfsizlikka daxldor ma’lumotlari emas, oddiy işbilarmonlik axborotlari taqdim etiladi.

Demak, Nvidia avvalroq ham Elis Xuang bilan aloqalarini işbilarmonlik doirasida izohlagan. Jensen Xuangning keyingi bayonoti esa şaxsiy munosabat bölganini tasdiqladi.

Jensen Xuang xotiniga xiyonat qilganini tan oldi

Mojaroning eng şov-şuvli qismi 8 noyabr kuni yuz berdi. Jensen Xuang Nvidia xodimlariga elektron xat yuborgan. Unda u xotiniga xiyonat qilganini oçiq tan olgan va oilasidan, hamkasblaridan uzr söragan.

“Men xotinimga xiyonat qildim. Mening harakatlarim unga va farzandlarimizga ozor berdi. Mening harakatlarimga heç qanday oqlov yöq. Men çin dildan afsusdaman”, deb yozdi u.

Xuang öz maktubida oilasi unga butun hayoti davomida mehr bergani va qöllab-quvvatlaganini, biroq özi ularning işonçini oqlamaganini bildirgan.

U rafiqasi va farzandlaridan uzr sörab, vaqt ötişi bilan ularning işonçini qayta qozonişga umid qilişini aytgan.

Nvidia rahbari nafaqat oilasidan, balki kompaniya xodimlari, direktorlar kengaşi, hamkorlar va aksiyadorlardan ham uzr söragan.

“Men Nvidia’ga rahbarlik qilişni hayotimdagi eng katta şaraf deb bilaman. Sizlarga xizmat qiliş va işonçingizga munosib böliş mening mas’uliyatim edi. Men bu mas’uliyatni töliq bajara olmadim. Nvidia faoliyatiga sodiqman va işonçingizni qayta qozoniş uçun harakat qilaman”, deb yozdi Xuang.

U milliy xavfsizlik bilan boğliq xavotirlar yuzasidan kompaniya direktorlar kengaşi mustaqil tekşiruv boşlaganini ham ma’lum qildi.

Xuang uşbu tekşiruvni qöllab-quvvatlaşini va jarayonda töliq hamkorlik qilişini bildirdi.

Şuningdek, u Nvidia’ni himoya qiliş va AQŞ milliy xavfsizligini qöllab-quvvatlaşga sodiqligini ta’kidlagan.

E’tiborli jihati, Xuang xodimlarga yuborgan maktubida Elis Xuangning ismini tilga olmagan va u bilan munosabatlarining tafsilotlarini oçiqlamagan.

Nvidia mustaqil tekşiruv boşladi

8 noyabr kuni Nvidia direktorlar kengaşi ham rasmiy bayonot bilan çiqdi. Kengaş kompaniya asosçisi va boş direktori Jensen Xuang xorijiy razvedka operatsiyasining nişoniga aylangani haqidagi xabarlar fonida mustaqil tekşiruv boşlaşga qaror qilganini bildirdi.

Tekşiruvni mustaqil direktorlar qömitasi taşqi mustaqil yuristlar kömagida olib boradi.

Kengaş AQŞning milliy va iqtisodiy xavfsizligi Nvidia hamda uning aksiyadorlari manfaatlari uçun ustuvor ekanini ta’kidladi.

Şu bilan birga, kompaniya direktorlar kengaşida AQŞ milliy xavfsizligi yoki Nvidia’ning maxfiy ma’lumotlari xavf ostida qolgan, deb hisoblaş uçun hozirça asos yöqligi qayd etildi.

Biroq mavjud barça ma’lumotlar tekşiruv doirasida örganiladi.

Nvidia Jensen Xuang va uning rahbariyatiga işonç bildirişini ham ma’lum qildi.

Kompaniya vakili Jon Rizzo esa uşbu mojaro Nvidia faoliyatini sekinlaştirmasligini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, Xuang kompaniyani boş direktor sifatida uzluksiz boşqarişda davom etadi.

“Associated Press” xabariga köra, tekşiruv davomida ham Jensen Xuang öz lavozimida qoladi.

Şunday qilib, hozirça uning iste’foga çiqişi yoki lavozimidan çetlatilişi haqida qaror yöq.

AQŞ Kongressi ham işga aralaşdi

Nvidia rahbari bilan boğliq xabarlar AQŞ qonun çiqaruvçilarining ham e’tiborini tortdi. 5 noyabr kuni AQŞ Vakillar palatasidagi uçta qömita raisi Jensen Xuangga maktub yubordi.

Bular – Taşqi işlar qömitasi raisi Brayan Mast, Xitoy böyiça maxsus qömita raisi Jon Mulinar va Razvedka böyiça doimiy qömita raisi Rik Krouford. Ular Nvidia rahbarini yopiq eşiklar ortidagi brifingda iştirok etişga çaqirdi. Kongress a’zolari Xuangdan Elis Xuang bilan munosabatlari, Megaspeed kompaniyasi bilan aloqalar va Nvidia’ning xorijiy razvedka faoliyatidan himoyalaniş çoralariga oid savollarga javob berişni söradi.

Uçraşuvni 18 noyabr kuni ötkaziş taklif qilindi. Jensen Xuangdan 11 noyabrgaça taklifni qabul qiliş yoki boşqa sanani belgilaş söralgan.

Qonun çiqaruvçilar öz maktubida Xitoyning AQŞning ilğor texnologiyalari va maxfiy ma’lumotlariga kiriş imkoniyati milliy xavfsizlik uçun jiddiy xavotir uyğotayotganini ta’kidlagan. Ularning fikriça, Kongress AQŞ xavfsizligiga qandaydir tahdid yuzaga kelgan-kelmaganini aniqlaşi kerak.

Bu yerda ham muhim farq bor: Kongressning brifing talab qilişi Jensen Xuangning josuslikda ayblanganini anglatmaydi. Qonun çiqaruvçilar undan vaziyat va kompaniyaning xavfsizlik tartiblari haqida tuşuntiriş söramoqda.

Tramp Jensen Xuangni himoya qildimi?

Jurnalistlar AQŞ Prezidenti Donald Trampdan ham Nvidia rahbari atrofidagi mojaro haqida söraşgan. Tramp Jensen Xuang bilan bu masalani muhokama qilmaganini aytdi. Şunga qaramay, uni munosib va hurmatga loyiq inson deb bilişini bildirdi.

“U bilan bu haqda gaplaşmadim. Men uni yaxşi inson deb bilaman, lekin aslida nima bölayotganini heç qaçon bilmaysiz. Hammasi yaxşi bölişiga umid qilaman. Menimça, u hurmatga loyiq inson. U mamlakatimiz uçun ajoyib işlarni amalga oşirdi”, deb javob bergan Tramp.

Jurnalistlar prezidentdan razvedka ma’lumotlari haqida avvalroq xabardor bölganida çora körişi kerakmidi, deb söragan.

Tramp bunga hojat bölmaganini aytib, Xuangning AQŞ uçun qilgan işlarini yuqori baholagan.

“Yöq, men bunday deb öylamayman. Menimça, uning bunga izohi bordir. Avval uni eşitiş kerak”, deya javob bergan.

Şuningdek, Prezidentdan Xuangni Osiyoga rejalaştirilgan safari davomida özi bilan olib ketişi mumkinmi, deb söralgan.

Tramp bunday imkoniyatni istisno qilmagan. AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio esa yuqorida aytilganidek, masala yuzasidan izoh berişdan boş tortgan.

Xitoy ayblovlarni rad etdi

9 noyabr kuni Xitoy Taşqi işlar vazirligi ham uşbu mojaro yuzasidan munosabat bildirdi. Vazirlik matbuot kotibi Go Szyakun AQŞ tomonidan ilgari surilgan ayblovlarni rad etdi.

Uning aytişiça, “xitoylik josus” haqidagi gap-sözlar miş-miş va taxminlarga asoslangan bölib, Xitoyga qarşi tuhmat hisoblanadi.

Demak, Pekin Elis Xuangning Xitoy razvedkasi bilan aloqadorligi haqidagi da’volarni tan olmayapti.

Hozirça AQŞ tomoni keltirayotgan razvedka xulosalari va Xitoyning rad javobi örtasida qarama-qarşilik mavjud. Mustaqil tekşiruv natijalari bu masalaga oydinlik kiritişi mumkin.

Mojaro Nvidia aksiyalariga ham ta’sir qildi

Jensen Xuang atrofidagi voqea nafaqat siyosiy va korporativ doiralarda, balki moliya bozorida ham muhokamalarga sabab böldi. “Reuters” xabariga köra, 9 noyabr kuni Nvidia aksiyalari birja savdolaridan oldingi operatsiyalarda qariyb 4,5 foizga pasaydi.

Bunga kompaniya rahbarining kelajagi va mustaqil tekşiruv natijalari yuzasidan investorlar orasida paydo bölgan noaniqlik sabab sifatida körsatildi.

Biroq aksiyalar pasayişiga faqat Jensen Xuang atrofidagi mojaro sabab bölgan, deyiş töğri emas. Bungaça ham sun’iy intellekt sohasiga kiritilayotgan ulkan sarmoyalar özini oqlaşi borasidagi xavotirlar texnologiya aksiyalariga bosim ötkazayotgan edi.

“Reuters” ma’lumotiga köra, Nvidia’ning bozor qiymati taxminan 4,5 trillion dollarni taşkil etadi. Kompaniya aksiyalari yil boşidan buyon erişgan ösişining katta qismini yöqotgan edi.

Tahlilçilar Jensen Xuangning kompaniya faoliyatidagi örni juda katta ekanini ta’kidlamoqda. U nafaqat Nvidia’ning boş direktori, balki kompaniyaning strategiyasi, hamkorliklari va sun’iy intellekt bozoridagi mavqeini şakllantirgan asosiy şaxs hisoblanadi.

Şu sababli uning rahbarlikdagi kelajagiga oid har qanday noaniqlik investorlar kayfiyatiga ta’sir qilişi mumkin.

“Reuters” bilan suhbatlaşgan ayrim tahlilçilar tekşiruv natijasida Xuang lavozimidan ketişga majbur bölsa, bu Nvidia uçun yanada jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligini aytgan.

Yana bir qiziq tafsilot: “Reuters” xabariga köra, Jensen Xuangning qizi va Nvidia rahbarlaridan biri Medison Xuang Janubiy Koreyaning Seul şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan konferensiyaga taşrifini bekor qilgan. Uşbu tadbir doirasida uçraşişi kerak bölgan kompaniyalar bu haqda xabar bergan.

Biroq uning taşrifni bekor qilişi aynan otasi atrofidagi mojaro bilan boğliq ekani rasman tasdiqlanmagan.

Nvidia va Jensen Xuang kim?

Bu voqeaning kölamini tuşuniş uçun Jensen Xuang va u boşqarayotgan kompaniyaning ahamiyatini ham biliş kerak.

63 yoşli Jensen Xuang 1993 yilda Kris Malaxovski va Kertis Priyem bilan birgalikda Nvidia kompaniyasiga asos solgan. U taşkil topganidan buyon kompaniyaga rahbarlik qilib kelmoqda.

Nvidia dastlab kompyuter öyinlari uçun grafik protsessorlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan edi. Keyinçalik kompaniya öz texnologiyalarini yuqori unumli hisoblaş va sun’iy intellekt sohalariga yönaltirdi.

Bugungi kunda Nvidia çiplaridan dunyoning yirik texnologik kompaniyalari, ma’lumotlar markazlari va sun’iy intellekt tizimlarini işlab çiquvçilar foydalanadi.

Sun’iy intellekt modellarini öqitiş va işga tuşiriş uçun katta hisoblaş quvvati kerak. Nvidia protsessorlari aynan şu jarayonning muhim qismini ta’minlaydi.

“Associated Press” ma’lumotiga köra, kompaniya 2026 yil avgust oyida çoraklik sof foydasini 59,69 milliard dollarga yetkazgan.

Jensen Xuang esa sun’iy intellekt texnologiyalariga katta sarmoya kiritiş orqali kompaniyaning bugungi mavqega erişişida asosiy rol öynagan.

Şu sababli uning atrofidagi mojaro faqat şaxsiy hayot yoki kompaniya içidagi masala emas. Bu Nvidia’ning jahon texnologiya bozoridagi örni va AQŞning sun’iy intellekt sohasidagi yetakçiligiga ham daxldor.

Xitoy uçun Nvidia çiplarining ahamiyati nimada?

AQŞ va Xitoy örtasidagi texnologik raqobatning markazida ilğor yarimötkazgiçlar turibdi.

Sun’iy intellekt tizimlarini yaratiş, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta işlaş va murakkab hisob-kitoblarni bajariş uçun kuçli protsessorlar zarur.

Nvidia’ning H200 kabi ilğor çiplaridan aynan şu maqsadlarda foydalaniladi.

AQŞ hukumati Xitoyning bunday texnologiyalarga kirişini çeklaşga harakat qilgan. Çunki Vaşington ilğor çiplar Xitoyning harbiy va strategik imkoniyatlarini kuçaytirişi mumkin, deb hisoblaydi.

Biroq AQŞ siyosati vaqt ötişi bilan özgarib turdi.

2026 yil 13 yanvarda AQŞ Savdo vazirligining Sanoat va xavfsizlik byurosi Nvidia H200 hamda AMD MI325X kabi ayrim çiplarni Xitoyga eksport qiliş uçun litsenziya arizalarini muayyan şartlar asosida körib çiqişini ma’lum qildi.

Buning uçun bir qator talablar belgilangan. Jumladan, eksport AQŞdagi mijozlar uçun çiplar ta’minotini kamaytirmasligi, Xitoydagi xaridorlar eksport qoidalariga rioya qiliş tartiblariga ega bölişi va mahsulotlar AQŞda mustaqil uçinçi taraf tomonidan sinovdan ötkazilişi kerak.

Demak, Nvidia uçun Xitoy bozori katta iqtisodiy ahamiyatga ega bölsa-da, çiplarni yetkazib beriş masalasi AQŞning milliy xavfsizlik siyosati bilan çambarças boğliq.

Aynan şu sababli Megaspeed kabi kompaniyalarning faoliyati ham Vaşington e’tiboridan çetda qolmagan.

Xullas, şunaqa gaplar. Eng muhim savol esa hanuz javobsiz turibdi. Elis Xuang haqiqatan ham Xitoy razvedkasi topşiriği bilan harakat qilganmi? U Jensen Xuangdan qandaydir maxfiy ma’lumot ololganmi? Megaspeed orqali Xitoyga eksport çeklovlarini çetlab ötib, çip yetkazilganmi? Bu savollarga javobni mustaqil tekşiruv va 18 noyabr kuni AQŞ Kongressidagi muhokamalarda javob topilişi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing