Pora olgan sobiq amaldor ölimga hukm qilindi

Olam

−

visibility973 timer2 daqiqa

image

Xitoyning Çjetszyan provinsiyasi Xalq vakillari kengaşi Doimiy qömitasi raisining sobiq örinbosari Gao Sinfu 28 million AQŞ dollaridan ortiq miqdorda pora olganlik işi böyiça ikki yillik keçiktiriş muddati bilan ölim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi (CCTV) xabar berdi.

Sudning aniqlaşiça, sudlanuvçi 2004 yildan 2025 yilgaça bölgan davrda turli lavozimlarda öz xizmat mavqeidan foydalanib, 193 million yuandan (28,9 million AQŞ dollaridan ortiq) ziyod noqonuniy daromad orttirgan.

“Szyansi provinsiyasining Içun şahri örta böğin xalq sudi Çjetszyan provinsiyasi Xalq vakillari kengaşi Doimiy qömitasi raisining sobiq örinbosari Gao Sinfuga nisbatan pora oliş işi böyiça oçiq hukm çiqardi... Sudlanuvçi ikki yillik keçiktiriş muddati bilan ölim jazosiga hukm qilindi”, deyiladi xabarda.

Sudlanuvçi, şuningdek, umrbod siyosiy huquqlardan mahrum etiladi va uning barça mol-mulki davlat foydasiga musodara qilinadi.

Xabarda qayd etilişiça, sudlanuvçi öz aybiga iqror bölgan va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga kömaklaşgan, şu sababli unga ölim jazosi ijrosini ikki yilga keçiktiriş tayinlangan.

Qayd etiş joiz, 2026 yil yanvar oyida XXR Raisi Si Szinpin Xitoyda korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça vaziyat murakkab va keskinligiça qolayotganini, korrupsiya öçoqlari va şart-şaroitlarini yöq qiliş vazifasi esa maşaqqatli ekanini ta’kidlagan edi. U korrupsiyani “partiya va mamlakat taraqqiyoti yölini tösib turgan yölbars”ga qiyoslab, poraxörlikni qat’iyat bilan ildizidan quritişga çaqirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin mamlakatda kölami böyiça “tozalaş” darajasi Mao Szedun davriga tenglaşadigan va Xitoyning iqtisodiy barqarorligiga tahdid soladigan keng kölamli korrupsiyaga qarşi kampaniya ötkazayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing