“Ronaldu jamoa uçun muammo”. “Al-Nasr” sobiq futbolçisi Ronalduni tanqid qildi

Sport

−

visibility1280 timer1 daqiqa

image

“Al-Nasr”ning sobiq futbolçisi Husayn as-Sulaymoniy Saudiya Arabistoni klubining yulduz hujumçisi Kriştianu Ronaldu hozirda Ar Riyod klubiga muammo bölayotganini aytdi. Bu haqda u “Koora” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.

Sobiq futbolçining fikriça, portugaliyalik hujumçi endi jamoa öyiniga hal qiluvçi ta’sir körsata olmaydi va hatto uçraşuvlarning natijalariga salbiy ta’sir ötkazmoqda.

“Ronaldu buyuk futbolçi, ammo u endi öyinni özgartira olmaydi. “Al-Nasr”ga 90 daqiqa maydonda qolib ketmaydigan, balki özi gol uriş uçun imkoniyat yarata oladigan hujumçi kerak. Ronaldu muxlislaridan qörqqan holda heç kim buni aytişga jur’at etmayapti, ammo u “Al-Nasr” uçun muammo”, deydi as-Sulaymoniy.

Ma’lumot uçun, Ronaldu 2023 yildan buyon “Al-Nasr” safida töp surmoqda. Uşbu mavsumda 41 yoşli portugaliyalik barça musobaqalarda 13 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 10 ta gol urdi. Hujumçining Saudiya Arabistoni klubi bilan amaldagi şartnomasi 2027 yilning yoziga qadar möljallangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing