Ronaldu faoliyatidagi gollari sonini 987 taga yetkazdi
Sport
−
348 1 daqiqa
Keça, 24 noyabr kuni Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi hujumçisi, beş karra “Oltin töp” sohibi Kriştianu Ronaldu faoliyati davomidagi gollari sonini 987 taga yetkazdi. Portugaliyalik futbolçi Osiyo Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining beşinçi turida Qatarning “Al-Sadd” jamoasiga qarşi bahsda gol urdi.
Uçraşuvning 13-daqiqasida Ronaldu penaltidan foydalanib, hisobni oçdi. 23-daqiqada Muhammad Vaad hisobni tenglaştirdi. 52-daqiqada esa Joau Feliks “Al-Nasr”ga ğalaba keltirgan golni kiritdi. Qöşimça vaqtda Muhammad Vaad raqibga tupurgani uçun maydondan çetlatildi. Şu tariqa, “Al-Nasr” öz maydonida “Al-Sadd”ni 2:1 hisobida mağlub etdi.
Saudiya Arabistoni klubi musobaqadagi uçinçi ğalabasini qölga kiritib, oçkolarini 9 taga yetkazdi va turnir jadvalining beşinçi poğonasiga kötarildi. “Al-Sadd” esa ikki oçko bilan 14-örinda bormoqda.
Keyingi uçraşuvda “Al-Nasr” joriy yilning 8 dekabr kuni safarda Qatarning “Al-Ğarafa” jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. “Al-Sadd” esa bir kun oldin Iroqning “Al-Quva” klubini qabul qiladi.
Live
Barçasi