Pokiston tarixidagi ilk kosmonavt koinotga parvoz qildi

Olam

−

visibility307 timer2 daqiqa

image

Pokistonlik Muhammad Zişan Ali mamlakat tarixida koinotga çiqqan ilk fuqaro böldi. U, şuningdek, Xitoyning “Tyangun” kosmik stansiyasiga borgan birinçi xorijlik kosmonavt sifatida tarixga kirdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 40 yoşli Zişan Ali bugun, 25 noyabr kuni Xitoyning şimoli-ğarbidagi Szyutsyuan kosmik markazidan Xitoyda işlab çiqarilgan raketa orqali koinotga uçgan. U parvozdan söng “Tyangun” kosmik stansiyasiga muvaffaqiyatli yetib borgan.

Kosmonavtning koinotdagi safari 5 kundan 10 kungaça davom etişi rejalaştirilgan. Bu Xitoy astronavtlari odatda kosmik stansiyada ötkazadigan olti oylik missiyalardan ança qisqa.

Zişan Ali parvoz oldidan jurnalistlarga bu safar faqat uning şaxsiy yutuği emasligini, u Pokiston nomidan koinotga yöl olayotganini aytgan. U missiyaga tayyorgarlik doirasida Xitoyda bir neça oy davomida maşğulotlar ötagan va xitoy tilini ham örgangan.

Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif uşbu voqeani mamlakat uçun tarixiy hodisa deb atagan. Uning ta’kidlaşiça, bu nafaqat bir kosmonavtning, balki 240 million pokistonlikning, yoş avlod, olimlar va ularning orzularining koinot sari yölidir. Şuningdek, u Xitoyga Pokistonni uşbu tarixiy missiyaga qöşgani uçun minnatdorlik bildirgan.

Xitoy rahbari Si Szinpin ham ikki davlat kosmonavtlari iştirokidagi qöşma missiya Pekin va Islomobod örtasidagi mustahkam döstlikning yorqin ifodasi ekanini ta’kidlagan.

Mazkur parvoz Xitoy uçun ham muhim diplomatik ahamiyatga ega. Pekin “Tyangun” kosmik stansiyasini faqat Xitoyga tegişli ilmiy majmua emas, balki xalqaro tadqiqotlar uçun oçiq platforma sifatida namoyiş etişga intilmoqda.

Ma’lumot uçun, Xitoy 2030 yilgaça öz kosmonavtini Oyga yuborişni rejalaştirgan. AQŞ esa 2028 yilda, 1972 yildagi “Apollon-17” missiyasidan keyin ilk bor Oyga inson yuborişni maqsad qilgan. Şuningdek, Xitoy 2035 yilgaça Rossiya bilan hamkorlikda Oyda ilmiy-tadqiqot bazasini taşkil etişni rejalaştirmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing