Tramp özbek milliy ayvonlari uçun Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

O‘zbekiston

−

visibility1116 timer2 daqiqa

image

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga Vaşingtonda örnatilgan özbek milliy ayvonlari uçun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Özbekistonning hurmatli Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga mamlakatimiz mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan menga sovğa qilingan gözal özbek ayvonlari uçun minnatdorlik bildirmoqçiman“, deya sözini boşlagan Tramp.

Uning qayd etişiça, ötgan hafta Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Siddiqov va Içki işlar vaziri Dag Burgum iştirokida bölib ötgan ayvonlarni topşiriş marosimida Marine One vertolyotida ularning ustidan uçib ötiş Tramp uçun şaraf bölgan. Ayvonlar esa şunçaki hayratlanarli darajada gözal!

Özbekistonlik mohir ustalar bir neça oy davomida oilalaridan uzoqda bölib, oğir ob-havo şaroitlariga qaramay, bu ayvonlarni 200 yillik toğ yonğoği daraxtlari yoğoçidan mahorat bilan qurgan. AQŞ Prezidentining aytişiça, ular haqiqiy iste’dod sohiblari!

“Men bu sovğani şaxsiy mulk sifatida saqlab qoliş örniga, uni jamoatçilikka taqdim etişga qaror qildim. Ayvonlar Tidal Basin köli böyida, Jefferson memoriali va Vaşington monumenti manzarasi körinib turadigan joyda, endilikda xavfsiz va gözal poytaxtimizning bir qismiga aylanadi“, degan Tramp.

AQŞ Prezidentiga köra, bir yildan söng Milliy Qahramonlar boği oçilganida, bu ayvonlar şahardagi eng maşhur maskanlardan biriga aylanişi şubhasiz. U yerda turmuş quriş takliflari bildiriladi, diplomatik qabullar ötkaziladi, Gilos gullaşi festivali davomida fotosuratlar olinadi va odamlar har kuni Tidal Basin köli böyiga taşrif buyuradi.

“Şuningdek, Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi va Milliy boğlar xizmatiga öz minnatdorligimni bildiraman. Ular özbekistonlik ajoyib ustalar bilan yaqindan hamkorlik qildi. Biz Vaşingtonni har qaçongidan ham gözal şaharga aylantirmoqdamiz!“ deya yozgan Donald Tramp.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 17 noyabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Amerika xalqiga mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovğa qilingan an’anaviy özbek ayvonlari Vaşington şahridagi tarixiy West Potomac Park hududiga örnatilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing