Özbekiston va Iordaniya 300 xil tovar uçun bojlarni pasaytiradi

O‘zbekiston

−

visibility689 timer4 daqiqa

image

Özbekiston va Iordaniya örtasida 300 turdagi tovar uçun bojxona bojlari pasaytiriladi. Bu haqda bugun, 24 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etgan Özbekiston – Iordaniya biznes forumining oçiliş marosimida ma’lum qilindi.

Qayd etilişiça, tadbirda ikki mamlakat hukumatlari a’zolari, yetakçi kompaniyalari rahbarlari va işbilarmon doiralari vakillari qatnaşgan.

Forumda Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn hamda mamlakat Sanoat palatasi raisi Fathi al-Jağbir ham sözga çiqqan.

Davlat rahbari öz nutqida ötgan yili Iordaniya Podşohining Samarqandga amalga oşirgan tarixiy taşrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa oçganini alohida ta’kidlagan.

Oliy va yuqori darajadagi faol muloqotlar natijasida iqtisodiy hamkorlik kölami izçil kengayib bormoqda. Sönggi beş yilda özaro savdo hajmi qariyb 9 barobar, birgina 2025 yilda 80 foizga oşgan. Mamlakatda iordaniyalik investorlar iştirokidagi 20 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

Toşkent va Ammon örtasida töğridan töğri aviaqatnovlar yölga qöyilib, özaro vizasiz tartib joriy etilgan. Hukumatlararo komissiya va Işbilarmonlar kengaşining ilk yiğilişlari muvaffaqiyatli ötkazilgan.

Davlat taşrifi doirasida Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim imzolangani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Hujjat 300 turdagi tovarga nisbatan pasaytirilgan bojxona bojlari stavkalarini qöllaşni nazarda tutadi.

Prezident uşbu bitim özaro mahsulot yetkazib beriş hajmini sezilarli darajada oşiriş, tovar ayirboşlaş körsatkiçini 500 million dollarga yetkaziş uçun mustahkam zamin yaratişiga işonç bildirgan.

Özbekiston yetakçisi biznes-forum doirasida salmoqli şartnoma va kelişuvlar imzolanganini olqişlab, iqtisodiy şeriklikni kengaytirişning beşta ustuvor yönalişiga töxtalgan.

Birinçisi – töqimaçilik sanoati. Özbekiston xomaşyosi va yarim tayyor mahsulotlari asosida Aqaba maxsus iqtisodiy zonasida qöşma işlab çiqarişni yölga qöyiş, tayyor mahsulotlarni uçinçi mamlakatlar bozorlariga birgalikda eksport qiliş taklif etilgan.

Ikkinçisi – toğ-kon sanoati. Iordaniyalik investorlar muhim minerallar sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun Toşkent va Samarqandda taşkil etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklarida hamkorlik qilişga taklif etilgan.

Uçinçisi – farmatsevtika sanoati. Yangi turdagi farmatsevtika mahsulotlarini işlab çiqarişni birgalikda mahalliylaştiriş va ilğor texnologiyalar transferini yölga qöyiş muhimligi qayd etilgan. Bu borada iordaniyalik şeriklar uçun “Tashkent Pharma Park” klasterida zarur şaroit va imtiyozlar yaratilişi ta’kidlangan.

Törtinçisi – kimyo sanoati. Ikki mamlakatning mavjud imkoniyatlarini birlaştirgan holda raqobatbardoş mineral öğitlar işlab çiqariş istiqbollari körsatib ötilgan. Ozuqa qöşimçalari, maişiy kimyo mahsulotlari va ösimliklarni himoya qiliş vositalarini işlab çiqariş böyiça erişilgan kelişuvlar olqişlangan.

Beşinçisi – qişloq xöjaligi. Qöşma agrosanoat klasterlarini taşkil etiş, uruğçilik, boğdorçilik va çorvaçilikni rivojlantiriş orqali ikki mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşga salmoqli hissa qöşiş mumkinligi ta’kidlangan.

Davlat rahbari turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş uçun ham katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etgan. Özaro vizasiz tartib va bevosita aviaqatnovlar sayyohlar oqimini köpaytiriş uçun qulay şaroit yaratayotgani ta’kidlangan.

Prezident iordaniyalik döstlarni islom olamining buyuk tarixiy va ma’naviy markazlari bölmiş qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva şaharlarini ziyorat qilişga taklif etgan.

Forum doirasida işbilarmon doiralar vakillari örtasidagi uçraşuvlarda çarm sanoati, teletibbiyot, oziq-ovqat mahsulotlari, quriliş materiallari, elektrotexnika va logistika sohalarida ham qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilingan.

Iordaniyalik işbilarmonlar yurtimizda yaratilgan qulay investitsiya muhiti, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari bilan yaqindan taniştirilgan.

Kelgusi yilning mart oyida Toşkent şahrida navbatdagi Özbekiston – Iordaniya biznes forumi ötkazilişi ma’lum qilingan. Davlat rahbari iordaniyalik şeriklarni uşbu tadbirda yangi taklif va taşabbuslar bilan faol iştirok etişga, mamlakatimiz tadbirkorlarini esa Iordaniya bozoridagi imkoniyatlardan keng foydalanişga çaqirgan.

Erişilgan kelişuvlar va qöşma loyihalar ijrosi Hukumatlararo komissiya doirasida muntazam monitoring qilib borilişi belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing