Çegaradan $17 mingni yaşirinça olib ötmoqçi bölgan haydovçi qölga tuşdi
3-sahifa
−
10:07 340 1 daqiqa
Andijondagi “Döstlik” çegara bojxona postida yuk avtomobilining orqa örindiğiga yaşirilgan 17 ming dollar naqd pul aniqlandi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Özbekistondan qöşni davlatga çiqib ketayotgan yuk avtomobili belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazilgan. Jarayonda haydovçining xatti-harakatlari bojxona xodimida şubha uyğotgan va transport vositasi batafsil közdan keçirilgan.
Natijada avtomobilning orqa örindiğiga yaşirilgan, bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va oğzaki sörovda ham ma’lum qilinmagan 17 ming AQŞ dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyuta aniqlangan.
Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent xalqaro aeroportida qariyb 691 gramm tilladan yasalgan, dastlabki qiymati 1 milliard 20 million sömdan oşadigan zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yaşirib olib kirişga urinişlar aniqlangandi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr