Andijonda 19 tup daraxt qöporib taşlandi (video)
3-sahifa
−
1944 1 daqiqa
Andijonda fermer xöjaligi işçisi tomonidan 19 tup tut daraxti qöporib taşlangani oqibatida tabiatga 1,5 milliard sömdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda viloyat Ekologiya va iqlim özgarişi boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tut daraxtlari qöporib taşlangani aks etgan videolavha tarqalganidan söng, holat yuzasidan Ekologiya boşqarmasi Ekologiya politsiyasi xodimlari tomonidan tezkor örganiş işlari olib borilgan.
Örganiş davomida daraxtlar Andijon viloyatidagi “Baxt Imkon Rivoji” fermer xöjaligi hududida xöjalik işçisi tomonidan qöporib taşlangani aniqlangan. Hududda jami 19 tup tut daraxti nobud qilingan.
Hisob-kitoblarga köra, mazkur holat oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 1,5 milliard sömdan oşgan.
Holat yuzasidan töplangan hujjatlar daraxtlarni qöporib taşlaş qonuniyligiga huquqiy baho beriş uçun prokuratura organlariga yuboriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona şahrida 26 tup Eldor qarağayi ruxsatsiz kesilgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi