Töy kortejida “tomoşa körsatgan” haydovçilar jazolandi (video)

3-sahifa

−

visibility1117 timer1 daqiqa

image

Andijon viloyatining Qörğontepa tumanida töy kortejida davlat raqam belgilarini yeçib, ruxsatsiz sirena çalgan 10 nafar haydovçiga nisbatan ma’muriy çoralar körildi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan söng holat yuzasidan suriştiruv olib borilgan. Natijada joriy yilning 26 noyabr kuni Qörğontepa tumanida töy kortejida harakatlangan 10 ta transport vositasi va ularning haydovçilari aniqlangan.

Tekşiruv davomida haydovçilar tegişli hujjatlarsiz avtomobil boşqargani, davlat raqam belgilarini yeçib olgani hamda ruxsatsiz nostandart tovuş çiqaruvçi qurilmalardan foydalangani tasdiqlangan.

 

Holat yuzasidan haydovçilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalari bilan bayonnomalar rasmiylaştirilib, avtomobillar vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga qöyilgan.

Şuningdek, haydovçilar qilgan işlaridan puşaymon ekanini bildirib, bunday holat boşqa takrorlanmasligini va’da qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida töy marosimi vaqtida yuk maşinalaridan iborat kortej taşkil etib, yöl harakati qoidalarini buzgan haydovçilarga nisbatan ma’muriy çora körilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing