Surxondaryoda 6 kg “gaşiş“ni çopon orasiga yaşirib olib kirgan afğonistonlik uşlandi (video)
3-sahifa
−
1657 2 daqiqa
Andijon va Surxondaryoda giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullangan şaxslar qölga olindi. Ulardan jami 7 kg 499 gramm “gaşiş” moddasi hamda 1 948 dona Regapen dori vositasi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, DXX Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan Içki işlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvçi, 1986 yilda tuğilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxsning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilgan.
Natijada, uşbu manzildan jami 1 kg 157 gr “gaşiş” moddasi va 1 946 dona Regapen kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Şuningdek, tezkor tadbir davomida mazkur şaxsdan Regapen dori vositasini sotib olmoqçi bölgan 2001 yilda tuğilgan mahalliy fuqaro ham uşlanib, uning yonida bölgan 1,5 gr “gaşiş” moddasi va 2 dona Regapen dori vositasi protsessual tartibda hujjatlaştirilgan.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari, DXX Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi giyohvandlik vositasi savdosiga çek qöyilgan.
Xususan, Termiz xalqaro savdo markazida oldindan kuzatuvga olingan – 1986 yilda tuğilgan Afğoniston fuqarosi sotiş uçun möljallangan çoponlar orasiga yaşirgan holda mamlakatga kontrabanda qilingan 6 kg 342 gr “gaşiş” moddasini 15 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtida Içki işlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda qölga olingan.
Hozirda xorij fuqarosiga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) 2-qismi va 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan va Andijon viloyatlarida faoliyat yuritgan, giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan şuğullangan 7 kişidan iborat uyuşgan jinoiy guruh foş etilgan edi. Ulardan jami 6 kilogramm 800 gramm gaşiş musodara qilingan.
Live
Barçasi