Ikki viloyatda faoliyat yuritgan narkoguruh foş etildi (video)
3-sahifa
−
2095 3 daqiqa
Namangan va Andijon viloyatlarida faoliyat yuritgan, giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan şuğullangan 7 kişidan iborat uyuşgan jinoiy guruh foş etildi. Ulardan jami 6 kilogramm 800 gramm gaşiş musodara qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 5 noyabr kuni olingan tezkor ma’lumot asosida Namangan şahrida ötkazilgan tadbir davomida Davlatobod tumanida yaşovçi, 1997 yilda tuğilgan fuqaro xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Uning yonidan 10 gramm gaşiş topilgan.
Suriştiruvlarda uşbu moddani unga Namangan şahrida yaşovçi, 1981 yilda tuğilgan şaxs yetkazib bergani aniqlangan. Mazkur fuqaro nazorat xaridi davomida gaşişni kelişilgan pul evaziga sotayotgan vaqtida qölga olingan. Uning xonadonidan qöşimça 200 grammdan ortiq gaşiş, elektron tarozi, 6 million 300 ming söm va 200 AQŞ dollari aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Tezkor tadbirlar davomida yana bir gumonlanuvçi – 1975 yilda tuğilgan Namangan şahri fuqarosi 1 kilogramm gaşişni sotayotgan vaqtida qölga olingan. Uning yaşaş xonadonidan esa qariyb 2 kilogramm gaşiş, moddalarni qadoqlaşda işlatiladigan polietilen öramlar, rezina qölqoplar, uçta piçoq va ikkita elektron tarozi topilgan.
Jinoiy guruhning boşqa a’zolarini aniqlaş maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari Andijon viloyatida ham davom ettirilgan. Joriy yilning 11 noyabr kuni uç nafar şaxs qariyb 2,5 kilogramm gaşişni sotayotgan vaqtida qölga olingan. Ulardan birining Andijon şahridagi xonadonidan yana 1 kilogramm giyohvandlik vositasi aniqlangan.
Suriştiruvlarda guruh a’zolari örtasida vazifalar taqsimlangani ma’lum bölgan. Jumladan, Qörğontepa tumanida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan fuqaro Cobalt rusumli avtomobilda Toşkent viloyatidan Tojikiston fuqarosi bölgan Abdulloh ismli şaxsning körsatmasiga asosan giyohvandlik vositalarini taşiş bilan şuğullangan. Guruhning boşqa a’zolari esa taqiqlangan moddalarni saqlaş, xaridor topiş, tarqatiş va sotiş vazifalarini bajargan.
Namangan va Andijon viloyatlarida jinoiy aloqalarni yölga qöygan 7 kişidan iborat uyuşgan guruh faoliyatiga çek qöyilgan. Tezkor tadbirlar davomida ulardan jami 6 kilogramm 800 gramm gaşiş aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Zomin tumanida yaşovçi fuqaroning xonadonida kannabis yetiştiriş uçun maxsus şaroit yaratilgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi