Jarimadan norozi bölib YHXB botiga sökib yozganlar qamaldi

3-sahifa

−

visibility3079 timer2 daqiqa

image

Andijon viloyatida Yöl harakati xavfsizligi xizmati elektron murojaatlar tizimiga haqoratli sözlar yozgan ikki nafar fuqaro 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, fuqarolar elektron murojaatlar boti orqali uyatli va haqoratli sözlardan foydalanib, izoh qoldirgan. Holat mas’ul xodimlar tomonidan örganilib, huquqbuzarlarning şaxsi aniqlangan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan videomurojaat qilgan fuqarolardan biri joriy yilning 19 noyabr kuni Xöjaobod tumanida qizil çiroqda harakatlangani uçun jarima olgan. Şundan söng, u norozilik bilan elektron murojaatlar botiga haqoratli izoh yozgan.

“Qilgan işlarimdan puşaymonman. Men barça “GAI” xodimlaridan uzr sörayman”, degan u.

Ikkinçi fuqaro esa elektron murojaatida yöldagi kamera örnatilgani va tezlik çeklovi 60 km/soat etib belgilanganidan noroziligini bildirgan. Biroq u öz fikrini bayon etişda fuqaroning oila a’zolariga qaratilgan öta qöpol va haqoratli iboralardan foydalangan.

“Jindak alam-aççiğida ozgina negativ yozdim. Qilgan işimning xato ekanini tuşunib yetdim, puşaymonman. Boşqalarga ham bunday holatni takrorlamaslikni maslahat beraman”, degan u.

Sud qarori bilan har ikki fuqaroga nisbatan 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyati Iştixon tumanida ijaraga olingan Malibu-2 avtomobilida harakatlangan texnikum öquvçilari yöl-patrul xizmati xodimining töxtaş talabiga böysunmay, uni haqorat qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing