DXX generali qamaldi, migrantlar jasadi Özbekistonga qaytarildi
Tahlil
−
3593 8 daqiqa
Davlat xavfsizlik xizmatining kattalari qamladi. Andijonda qöl-oyoği boğlangan 54 yoşli ayolning jasadi topildi. Jizzaxda voyaga yetmagan qiz yillar davomida öz otasi tomonidan jinsiy zörovonlikka uçraganini aytdi. Qurilişga ruxsat olib beriş uçun $1 mln pora talab qilgan mulozim uşlandi. 4 nafar Özbekistonlik migrant yonğinda halok böldi.
DXXning “kattalari” qamaldi
DXXning sobiq yuqori lavozimli mansabdorlari iştirokidagi jinoyat işi yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Xizmat raisining sobiq örinbosari, general-leytenant Ğayratullo Yoziyev 15 yilga, uning bir qator sobiq hamkasblari esa 15 yildan 17 yilgaça ozodlikdan mahrum etildi.
“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Taşanovning ma’lum qilişiça, 27 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati raisining sobiq örinbosari, general-leytenant Ğayratullo Yoziyevga hukm çiqarildi.
Taşanovning bildirişiça, Ğayratullo Yoziyev 2024 yilning dekabridan 2026 yil martigaça DXX Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasiga rahbarlik qilgan. U Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik), 234-moddasi (qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş), şuningdek, hokimiyatni suiiste’mol qiliş, hokimiyat vakolatidan çetga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi bilan boğliq jinoyatlarda aybli deb topilgan.
Takidlanişiça, Ğayratullo Yoziyev boşçiligidagi jinoiy guruh faoliyati yuzasidan tergov harakatlarini Boş prokuratura huzuridagi Korrupsiyaga qarşi kuraş boşqarmasi olib borgan. Mazkur iş böyiça sudlanuvçilar 2026 yil bahorida qölga olingan.
Uşbu jinoyat işi doirasida DXXning boşqa sobiq yuqori lavozimli xodimlariga ham hukm çiqarilgan. Jumladan, DXX raisining sobiq örinbosari, polkovnik Alijon Aşurov tovlamaçilik, sud işlariga aralaşiş va pora oliş jinoyatlarida aybdor deb topilib, 17 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
DXX boşqarma boşliği lavozimida işlagan polkovnik Muzaffar Nurboyev esa hujjatlarni qalbakilaştiriş, qiynoqqa soliş, sud işlariga aralaşiş va talon-torojlik ayblovlari bilan 17 yil muddatga qamalgan.
Şuningdek, polkovniklar Temur Şorisqiyev va Gonçar Uzoqov tovlamaçilik, sud işlariga aralaşiş hamda pora oliş jinoyatlari uçun 16 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Polkovnik Suhrob Sayfitdinov 16 yil, polkovnik O. Abdullayev esa 15 yil qamoq jazosini olgan.
Jinoiy guruh a’zolari sifatida körsatilgan Valiyev, Öroqov, Boysariyev va Şokirovlarga nisbatan esa ozodlikni çeklaş, jarima hamda axloq tuzatiş işlari jazolari tayinlangan.
“Koreya işi” böyiça hukmlar çiqarilgan. Alijon Aşurov, Suhrob Sayfitdinov, Gonçar Uzoqov va Temur Şorisqiyev yana bir jinoyat işi – 90 million dollarlik mablağ bilan boğliq “Koreya işi” doirasida ham sudlangan.
Mazkur iş yuzasidan 2026 yil 17 sentyabr kuni Toşkent şahrining Bektemir tumani sudi tomonidan ularga nisbatan uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlangan.
Ta’kidlanişiça, protsessual qonunçilik talablariga muvofiq, uşbu şaxslarga ikki jinoyat işi böyiça belgilangan jazolar qöşib hisoblangan taqdirda, ularning qamoqda qoliş muddati yanada uzayişi mumkin.
Andijonda qöl-oyoği boğlangan ayolning jasadi topildi
Andijon tumanidagi xonadonlardan birida qöl-oyoği boğlangan 54 yoşli ayolning jasadi topildi. Qalampir.uz söroviga javoban Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning ma’lum qilişiça, voqea joriy yilning 24 noyabr kuni sodir bölgan. Xonadonlardan birida 1972 yilda tuğilgan ayolning qöl-oyoği boğlangan holda jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Hodisa joyi közdan keçirilib, aşyoviy dalillar olingan. Ayolning ölimi sababini aniqlaş uçun ekspertizalar tayinlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi “i” bandi va 164-moddasi (bosqinçilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirça gumonlanuvçi şaxs aniqlanmagan.
Hozirda jinoyatni foş etişga qaratilgan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jizzaxda erkak voyaga yetmagan qizini zörlab kelgani ma’lum böldi
Jizzaxda ota öz qizini jinsiy zörlab kelgani malum böldi. Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining munosabat bildirişiça, 2026 yilning 9 oktyabr kuni içki işlar organlari xodimlari ta’lim muassasalarida ötkazgan profilaktik tadbirlar davomida 2010 yilda tuğilgan qiz sababsiz darslarga qatnaşmayotgani aniqlangan. Holat maktab psixologi bilan birgalikda örganilganda, qizçaning ruhiy holati barqaror emasligi ma’lum bölgan. U bilan suhbat davomida otasi tomonidan jinsiy zöravonlik sodir etilganini aytgan.
Bu haqda tuman IIBga xabar berilgan va holat prokuratura organlariga yuborilgan. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ham örganilgan holat yuzasidan qiz dastlab kiçik hajmli ijtimoiy kömak markaziga joylaştirilgan. Unga psixologik va ijtimoiy xizmatlar körsatilib, tibbiy körik hamda ekspertizaga yönaltirilgan.
Bildirilişiça, hozirda qiz oilaviy bolalar uyiga joylaştirilgan. Uning xavfsizligi ta’minlangan va ruhiy-emotsional holatida ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda. Mazkur holat agentlik mas’ul xodimlari nazoratiga olingan.
Gumonlanayotgan otaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. QALAMPIR.UZ söroviga javoban Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qilişiça, voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etganlikda gumonlangan otaga nisbatan joriy yilning 14 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçi 2026 yilning 11 sentyabr kuni işlaş maqsadida Rossiya Federatsiyasiga ketgan. Unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. 19 oktyabr kuni sud ajrimi bilan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Migrantlar yonğinda halok böldi
Qirğizistonning Manas şahrida qurilayotgan ikki qavatli binoda sodir bölgan yonğin oqibatida Özbekistonning ikki fuqarosi halok böldi, yana bir özbekistonlik reanimatsiyaga yotqizildi. Qirğiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boşqarmasining ma’lum qilişiça, yonğin 22 noyabr kuni Intimak qişloğidagi Karimbekov köçasida joylaşgan qurilişi tugallanmagan binoda yuz bergan. Uni öçiriş uçun 3 ta yonğin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yonğin soat 22:56 da töliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida 3 nafar erkak jabrlangan. Ulardan ikki nafari yonayotgan binodan olib çiqilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topşirilgan. Biroq ulardan biri şifoxonada vafot etgan, ikkinçisi esa reanimatsiyaga yotqizilgan.
Uçinçi erkak esa voqea joyida tutundan zaharlanib halok bölgan. Uning jasadi qutqaruvçilar tomonidan binodan olib çiqilib, tibbiyot xodimlariga topşirilgan. Bildirilişiça, hozirda mutaxassislar yonğin sabablarini va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlamoqda.
Qozoğistonning Olmaota şahridagi xususiy turar joy binosida yuz bergan yonğinda Özbekistonning ikki nafar fuqarosi halok böldi. Olov jami 5 kişining, jumladan, bir nafar bolaning hayotiga zomin böldi. Qurbonlar orasida ikki özbekistonlik erkak ham bor.
Yonğinda omon qolgan Anor Turğunboyevaning aytişiça, ular uyga yonğindan bir neça kun oldin köçib borgan. Yonğin keça, 26 noyabr kuni tunda şaharning Böstonliq tumanida sodir bölgan. Yonğin haqidagi xabar soat 3:44 da kelib tuşgan. Ilk öt öçiruvçilar tört daqiqadan söng yetib borgan, biroq öşa vaqtga kelib uyni olov butunlay qamrab olib bölgan. Olov soat 4:42 da bartaraf etilgan. Uni öçirişda Favqulodda vaziyatlar departamentining 35 nafarga yaqin xodimi va 9 ta texnika iştirok etgan. Turmuş örtoği va farzandlari bilan uydagi xonalardan birini ijaraga olib yaşagan Turğunboyeva tonggi soat 04:00 atrofida uyğonib, deraza ortida olov yoğdusini körganini aytgan. Umumiy yölak allaqaçon tutunga tölib bölgani sababli oila deraza orqali qöşni hovliga çiqişga majbur bölgan.
Ayolning sözlariga köra, uyda umumiy yölakka çiqadigan bir neçta xona bölgan. Ayrim yotoqxonalarda deraza bölmagan. Halok bölganlar orasida Özbekistonning ikki fuqarosidan taşqari uning qöşnisi, bu ayolning voyaga yetgan qizi va bir qizaloq ham bölgan.
Yonğindan söng 9 nafar fuqaro mehmonxonaga joylaştirilgan, ularga hujjatlarini tiklaşda yordam körsatilmoqda.
Yonğin fakti böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Tergov yonğin sabablari va voqea tafsilotlarini aniqlamoqda.
$1 mln pul söragan mulozim uşlandi
Quriliş sohasidagi muammolar va muhokamalar hali ham davom etayotgan bir paytda, soliq xodimi fuqarodan quriliş işlarini boşlaş uçun 34 ta idoradan ruxsatnoma olib beriş uçun 40 ming dollar pora olayotganida jinoyat ustida uşlandi.
Içki işlar vazirligining ma’lum qilişiça, Surxondaryolik Toşkent viloyati soliq boşqarmasi xodimi fuqaroga viloyatning Nurafşon şahrida joylaşgan xususiy korxonaga qaraşli 3,5 gektar noturar yer maydonidan iborat bölgan qurilişi tugallanmagan sexni yuridik şaxsdan xaridor nomiga ötkaziş hamda şu joyda quriliş işlarini amalga oşiriş uçun tegişli taşkilotlardan ruxsatnoma olib berişni va’da qilgan.
U buning evaziga 1 mln 50 ming dollar talab qilgan. U Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanida xaridor bilan uçraşib, yer maydonini xaridor nomiga ötkaziş hamda 34 ta davlat idorasidan quriliş işlarini amalga oşiriş uçun tegişli ruxsatnoma olib berişini aytgan. Şuningdek, mulozim mansabdor şaxslarga pora berişga dalolat qilgan va oldindan 40 ming AQŞ dollarini olgan vaqtda tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan qölga olingan.
Mazkur holat yuzasidan firibgar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (pora beriş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Live
Barçasi