Samarqanddagi binolardan birida yonğin çiqdi (video)
3-sahifa
−
624 1 daqiqa
Bugun, 28 noyabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand şahridagi binolardan birida yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, soat 08:16 da Samarqand şahar, “Farovonlik” MFY, M.Uluğbek köçasida joylaşgan binolardan birida yonğin sodir bölgani töğrisida viloyat FVBga xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan, yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 08:20 da voqea joyiga yetib borib, yonğinni soat 08:38 da töliq bartaraf etgan.
Birlamçi ma’lumotlarga köra tan-jarohat olganlar yöq.
Hozirda yonğinning kelib çiqiş sabablari va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatining Baliqçi tumanida joylaşgan savdo dökonida yonğin sodir bölgan edi.
Live
Barçasi