Toşkent aeroportida telefonlarni rasmiylaştiriş qayta boşlandi

Jamiyat

−

image

Toşkent xalqaro aeroportida bugun, 11 noyabr kunidan boşlab yangi mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş qayta boşlandi. Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev Bojxona qömitasi va UZIMEI hamkorligida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Husan Tangriyevga köra, bugundan yana mobil qurilmalarni bemalol olib kiriş boşlangan. Şuningdek, şu paytgaça olib qöyilgan bir neça yuz dona mobil qurilmani egalariga qaytariş işlari boşlangan.

“Bugun kunning birinçi yarmida UZIMEI va Bojxona qömitasi vakillari Toşkent xalqaro aeroportida muzokara ötkazdi. Kelişuvga köra, IMEI raqamlarini çuqur tekşiriş zarur bölgan holatlarda bojxona xodimlariga yordam beriş uçun UZIMEI vakillari aeroportda doimiy işlaydi. Şu sababli bugundan boşlab IMEI tekşiruvlari bilan boğliq vaqtinçalik çeklov bekor qilindi”, degan Husan Tangriyev.

Eslatib ötamiz, keça, 10 noyabr kunidan boşlab Toşkent xalqaro aeroporti orqali xorijdan olib kirilayotgan mobil qurilmalarning bojxona rasmiylaştiruvi vaqtinça töxtatilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing