Toşkent aeroportida telefonlarni rasmiylaştiriş vaqtinça töxtatildi (video)
Jamiyat
−
10 Noyabr 1056 2 daqiqa
Toşkent xalqaro aeroporti orqali xorijdan olib kirilayotgan mobil qurilmalarning bojxona rasmiylaştiruvi vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.
Bugun, 10 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan kelayotgan yölovçilarning mobil qurilmalari ekspertizadan ötkaziş maqsadida 30 kungaça muddatga vaqtinça saqlovga olinayotgani, şuningdek, ekspertizasiz bir kun içida rasmiylaştiriş uçun qöşimça tölovlar joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bojxona qömitasiga köra, sönggi vaqtlarda mobil qurilmalarni bojxona çegarasi orqali olib ötişda IMEI kodlarini soxtalaştiriş, boşqa qurilmalarga tegişli identifikatorlardan foydalaniş, şuningdek, bir qurilma ma’lumotlarini boşqa qurilmalarni qonuniylaştiriş uçun işlatiş kabi murakkab qonunbuziliş sxemalari orqali bojsiz olib kiriş me’yoridan foydalanişga bölgan urinişlar köpaymoqda.
Raqamlarga köra, joriy yil boşidan “Toşkent-AERO” IBK tomonidan jami 185 ta holatda qiymati 8.8 mlrd sömlik 1185 dona uyali aloqa vositalari noqonuniy olib kirilişi oldi olingan.
Bildirilişiça, mobil qurilmalarning IMEI identifikatorlarini tekşiriş, xususan, IMEI-1 va IMEI-2 kodlari bitta qurilmaga tegişli ekanini hamda uşbu kodlar böyiça avval tarmoq hodisasi sodir bölganini aniqlaş maxsus bilim va ixtisoslik talab qiladi.
Qayd etilişiça, ayni vaqtda Toşkent xalqaro aeroporti orqali xorijdan olib kirilayotgan mobil qurilmalarning bojxona rasmiylaştiruvi ularning IMEI identifikatorlarini aniqlaş va qonuniy olib kirilganligini tasdiqlaş bilan boğliq ayrim masalalarga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtinça töxtatilgan.
Mazkur yönalişda yuzaga kelgan masalalarni huquqiy jihatdan töğri va yagona tartibda hal etiş, şuningdek, kelgusida qonunbuziliş holatlarining oldini oliş maqsadida tegişli idoralar bilan bu boradagi faoliyatni özaro muvofiqlaştirişga zarurat tuğilmoqda.
“Şu sababli, mobil qurilmalarning IMEI identifikatorlarini tekşiriş va ularni rasmiylaştiriş tartiblarini oydinlaştiriş böyiça tegişli idoralar bilan hamkorlikda tadbirlar belgilandi va qisqa muddatlarda vaziyatga oydinlik kiritilişi hamda bojxona rasmiylaştiruvi jarayonlarini belgilangan tartibda davom ettiriş imkoniyati yaratilişini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Yölovçilardan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan xabarlarga işonmaslikni hamda faqat rasmiy manbalarda e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga tayaniş söraladai.
Live
Barchasi