Andijonda qizlarni aldab, fohishalik uchun Turkiyaga olib ketayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida 2 nafar ayol xorijda yuqori maoshli ish va’dasi bilan 2 qizni aldab, Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun olib ketishga uringani fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1998 va 1995 yillarda tug‘ilgan 2 nafar ayol 2002 va 1994 yillarda tug‘ilgan 2 nafar qizni aldov yo‘li bilan o‘zlariga jalb qilgani aniqlangan.

Ular qizlarni yo‘l haqi va boshqa moddiy xarajatlarni ishlab berish sharti bilan Turkiyaga olib borib, fohishalik bilan shug‘ullantirishni rejalashtirgan.

Qayd etilishicha, fuqarolar Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaga chiqib ketishni rejalashtirgan. Biroq tezkor tadbir natijasida ular Andijon viloyatining Shahrixon tumani hududida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumanida SPA salon ko‘rinishida faoliyat yuritgan va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan guruh faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing