Tanişini şarmanda qiliş bilan qörqitib, 20 mln söm talab qilgan ayol uşlandi
3-sahifa
−
20:20 324 2 daqiqa
Farğona viloyatining Toşloq tumanida ayol tanişining şaxsiy ma’lumotlarini oşkor qiliş bilan qörqitib, undan 20 mln söm talab qildi. U söralgan pulning 10 mln sömini olayotgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 4 noyabr kuni fuqaro Toşloq tumani Içki işlar bölimi boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U öz arizasida tanişi şaxsiy sirlarini yaqin qarindoşlariga oşkor qiliş va uni şarmanda qiliş bilan qörqitib, 20 mln söm talab qilayotganini bildirgan.
Mazkur murojaat asosida tuman içki işlar bölimi tezkor xodimlari tomonidan tadbir ötkazilgan. Unda gumonlanuvçi ayol talab qilingan 20 mln sömning 10 mln sömini Toşloq tumanidagi töyxona oldida olayotgan vaqtida uşlangan. Pul mablağlari aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan Toşloq tumani Içki işlar bölimi huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamaçilik) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilişiça, gumonlanuvçi ayol qilgan işidan puşaymonligini bildirib, yengillik berilişini söragan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatida “Mansur Kazanskiy” laqabi bilan tanilgan şaxs 100 ming AQŞ dollarini tovlamaçilik yöli bilan olayotgan vaqtida qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi