“Dolya”, “Skar”, “Tuz” va “Dodi” boşçiligidagi jinoiy guruh qölga olindi (video)
3-sahifa
−
11:06 342 2 daqiqa
Toşkent şahrida fuqarolarni qörqitiş, ularga zöravonlik işlatiş va tahdid qiliş orqali pul undirib kelgan uyuşgan jinoiy guruh a’zolari qölga olindi. Ular orasida muqaddam sudlangan şaxslar ham bor. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, jinoiy guruh yetakçisi Umid Abdurahimov (laqabi — “Dolya”) bölgan. Uning şeriklari Izzat Yöldoşev (laqabi — “Skar”), Rustam Ziyayev (laqabi — “Tuz”) va Davron Abdurahimov (laqabi — “Dodi”) ham qölga olingan. Ularning ayrimlari muqaddam turli jinoyatlar uçun sudlangan.
Qayd etilişiça, joriy yilning sentyabr oyida 1989 yilda tuğilgan fuqaro tanişiga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi uçun bir yil muddatga 11 ming dollar qarz bergan. Uşbu pul oldi-berdisidan xabar topgan jinoiy guruh a’zolari noyabr oyida ikki fuqaro örtasidagi munosabatga aralaşgan. Ular qarz olgan şaxsni qörqitib, tanişiga tegişli 11 ming dollarni olib qöygan. Pullarni egasiga qaytarmasdan, öz ehtiyojlari uçun sarflagan.
Guruh a’zolari faqat qarz masalalarida emas, balki telefon savdosi, oylik iş haqi, avtomobil oldi-sotdisi va işlab topilgan pullarni undiriş kabi turli nizolarga ham aralaşgan. Ular fuqarolardan tahdid, qörqitiş, tovlamaçilik va zöravonlik orqali katta miqdordagi pullarni talab qilib kelgan. Ayrim jabrlanuvçilar esa qörquv sabab bu haqda heç kimga murojaat qilmagan.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamaçilik) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Live
Barchasi