Toşkentda içimlik suvi apparatlarini buzib, pullarni öğirlagan “uddaburon”lar uşlandi
3-sahifa
−
08:31 525 2 daqiqa
Toşkentning ikki tumanida köçalarga örnatilgan içimlik suvi apparatlarini buzib, içidagi pullarni öğirlagan bir guruh yoşlar uşlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum şaxslar öğrilik sodir etganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bölgan. Mazkur videotasvirlar Toşkent şahar IIBB tomonidan örganilib, quyidagilar aniqlangan.
Xususan, poytaxtning Uçtepa va Yunusobod tumanlarida noma’lum şaxslar köçalarda örnatilgan filtrlangan içimlik suvi tarqatiş apparatlarini buzib, içidagi pul mablağlarini öğirlab ketgan. Körilgan çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatlarni sodir etişda gumonlanayotgan fuqarolarning şaxsi aniqlanib (2004 yilda tuğilgan R.A., 2007 yilda tuğilgan I.S., M.N., 2008 yilda tuğilgan A.Q., 2010 yilda tuğilgan N.Ğ., 2011 yilda tuğilgan R.O.) uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uçtepa tuman IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda gumonlanuvçilarning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda. Tergov yakuniga köra qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanişi qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kiritmoqçi bölgan jinoiy guruh qölga olingan edi.
Live
Barchasi