Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilişni rejalaştirgan jinoiy guruh uşlandi (video)
3-sahifa
−
08:52 1941 2 daqiqa
Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kiritmoqçi bölgan jinoiy guruh qölga olindi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, 1995 yilda tuğilgan sobiq qöriqçi öquv markazining içki tartibi va xavfsizlik tizimini yaxşi bilgani sababli, uşbu joyni bosqinçilik uçun nişonga olgan. U jinoiy rejani amalga oşiriş uçun uç nafar tanişini ham guruhga jalb qilgan.
Rejaga köra, sobiq qöriqçi avvaldan markazdagi vaziyatni örganib, şeriklariga pul saqlanadigan joy haqida ma’lumot berişi kerak bölgan. Guruhning yana bir a’zosi elektr ta’minotini uzişi, qolganlari esa niqob taqib, orqa eşikdan binoga kirişi va pullarni qoplarga joylab, ijaraga olingan avtomobilda olib çiqib ketişi rejalaştirilgan.
Jinoyatçilar xavfsizlik kameralari va signalizatsiya tizimini ham hisobga olgan. Ularning biri jinoyatni yaşiriş va guvohlarni çalğitiş maqsadida ayollar kiyimida bölişni ham rejalaştirgan.
Bundan taşqari, guruh pulni qölga kiritgaç, Farğona viloyati orqali qöşni respublikalardan biriga çiqib ketişni ham közlagan.
Biroq Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirlar natijasida bosqinçilikning oldi olingan. Guruh a’zolari jinoyatni amalga oşiriş vaqtida qölga olingan.
Uşlangan şaxslardan niqoblar, bolğa, qoplar, qölqoplar, ratsiyalar, eşiklarni oçişga möljallangan maxsus moslamalar, kalit nusxalari hamda xorijga çiqiş pasporti aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinçilik) 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida fuqarolarga tegişli 19 boş çorva molini öğirlab, sotiş orqali daromad topib kelgan jinoiy guruh a’zolari qölga olingan edi.
Live
Barchasi“Demokrat.uz” rahbari qamaldi
12 Noyabr