Toşkentda Farhod köçasida harakatlaniş vaqti qisqartirildi
O‘zbekiston
−
11:07 299 1 daqiqa
Toşkent şahridagi Farhod köçasining Kiçik halqa yölidan Katta Xirmontepa köçasigaça bölgan 1,8 kilometrlik qismidagi yettita svetoforning işlaş tartibi özgartirildi. Yangi reja harakat oqimiga qarab sutkaning turli vaqtlarida yönalişlardan biriga ustuvorlik berişni nazarda tutadi. Bu haqda Yöl harakatini taşkil etiş markazi xabar berdi.
Yangi tartibga köra, soat 07:00 dan 10:00 gaça Kiçik halqa yöli tomon harakatga ustuvorlik beriladi. Soat 10:00 dan ertasi kuni 07:00 gaça esa Katta Xirmontepa köçasi tomon harakat ustuvor böladi.
Markaz ma’lumotlariga köra, özgarişlar natijasida tirbandlik kuzatilmaydigan vaqtda uşbu yöl qismini bosib ötiş vaqti 6,5 daqiqadan 4 daqiqagaça qisqargan.
Qayd etilişiça, Toşkent köçalarida harakatlaniş qulayligini oşiriş maqsadida svetofor ob’ektlarining işlaş tartibini optimallaştiriş işlari davom ettirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahri Mirobod tumanidagi Şahrisabz köçasida qatnov qismini kesib ötuvçi quvur yotqiziş işlari sababli transport harakati ikki bosqiçda çeklanişi belgilangan edi.
Live
Barchasi