Farğonada uyining tomiga 1,2 kg narkotik yaşirgan şaxs uşlandi

3-sahifa

−

image

Farğona viloyatining Qöştepa tumanida yaşovçi fuqaroning xonadoni tom qismidan 1 kilogramm 205 gramm marixuana giyohvandlik vositasi aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” oyligi doirasida olingan tezkor ma’lumot asosida Içki işlar vazirligi hamda Qöştepa tumani Içki işlar bölimi tezkor xodimlari hamkorligida tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida 1969 yilda tuğilgan fuqaroning xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Tekşiruv jarayonida uyning tom qismidan sof oğirligi 1 kilogramm 205 gramm bölgan marixuana topilib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan şahrida 3 kilogramm “gaşiş” giyohvandlik vositasini sotayotgan şaxs qölga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing