Marğilonda uyida qariyb 2 kg “marixuana” saqlagan şaxs uşlandi (video)

3-sahifa

−

image

Farğona viloyatining Marğilon şahrida fuqaroning xonadonidan sof oğirligi 1 kilogramm 889 gramm bölgan “marixuana” topildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, holat “Xavfsiz va soğlom yurt” oyligi doirasida şaharning Bobur mahallasida ötkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida aniqlangan. Tadbir iştirokçilari fuqaroning yaşaş xonadonini közdan keçirganida, quritilgan ösimlik moddasini topib, aşyoviy dalil sifatida olib qöygan.

Ekspertiza xulosasiga köra, olib qöyilgan modda tarkibida faol giyohvandlik vositalari mavjud bölib, uning “marixuana” ekani tasdiqlangan.

 

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Marğilon şahar Içki işlar bölimi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahri va Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida 2 kilogramm “opiy” ekstrakti, 550 gramm “gaşiş” va 100 gramm “mefedron” musodara qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing