U-20 Jahon çempionati öyinlari Farğonada ham ötkazilişi mumkin
Sport
−
16:14 356 2 daqiqa
2027 yilgi Özbekiston va Ozarbayjon mezbonligidagi 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionati öyinlari Farğona viloyatida ham ötkaziş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, keça, 12 noyabr kuni FIFA, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi va Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (OFFA) vakillari Bakuda turnirga tayyorgarlik masalalariga bağişlangan işçi yiğiliş ötkazgan.
Yiğilişda sport va taşkiliy infratuzilmani rivojlantiriş, şuningdek, çempionat iştirokçilari va mehmonlari uçun zarur şaroitlarni yaratiş masalalari muhokama qilingan.
Tomonlar musobaqani yuqori taşkiliy saviyada ötkaziş uçun hamkorlikni mustahkamlaş va birgalikdagi işlarni davom ettirişga tayyor ekanliklarini bildirgan.
Ma’lum qilinişiça, 2027 yilgi U-20 Jahon çempionatining guruh bosqiçi uçraşuvlarini boşqa hududlar qatori Özbekistonning Farğona viloyatida ham ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, OFFA vakillari hamrohligida Özbekiston delegatsiyasi a’zolari Bakudagi “Neftçi” futbol klubining bazasi va akademiyasi faoliyati bilan tanişgan. Uçraşuv davomida futbol infratuzilmasini rivojlantiriş, akademiyalar faoliyatini taşkil etiş va yoş futbolçilarni tayyorlaş böyiça tajriba almaşilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston va Ozarbayjon mezbonligidagi U-20 Jahon çempionati 2027 yilning 17 sentyabridan 9 oktyabriga qadar bölib ötadi.
Live
Barchasi