O‘nga yaqin odamni chuv tushirgan aeroport nazoratchisi ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda fuqarolarni aeroportga ishga kiritmoqchi bo‘lgan qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaroni aeroportda faoliyat yurituvchi mansabdor tanishlari orqali Qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi lavozimiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 500 AQSH dollari talab qilgan.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu “uddaburon” nazoratchi talab qilingan 500 AQSH dollari pul mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Dastlabki surishtiruv davomida mazkur shaxs aeroportga ishga joylab qo‘yish uchun o‘nga yaqin fuqarodan 500-1000 AQSH dollari miqdorida pul olganiga iqror bo‘lgan. 

Bildirilishicha, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi va 28,211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi 10 ming dollar, MCHJ rahbari esa 4400 dollar pora bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pora Toshkent xalqaro aeroporti aeroport nazoratchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing