Qönğirotda hamşiralikka işga joylaştirişni va’da qilib, 5 ming dollar söragan şaxs uşlandi (video)

3-sahifa

−

image

Qoraqalpoğiston Respublikasining Qönğirot tumanida fuqaroni lokomotiv deposiga işga joylaştirib qöyiş evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qilgan şaxs uşlandi. U söralgan pulning 2,5 ming dollarini olayotgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Içki işlar vazirligi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlaş departamenti mas’ul xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida mansabdor tanişlari orqali işga joylaştirib qöyişni va’da qilib, pul mablağlari talab qiliş holati yuzasidan tezkor ma’lumot olingan.

Xususan, Qönğirot tumanida yaşovçi fuqaro murojaatida lokomotiv deposidagi böş hamşira lavozimiga işga kiriş uçun yordam söraganini bildirgan. Uning aytişiça, temir yöl tizimida işlovçi şaxs yuqori lavozimdagi tanişlari orqali uni işga joylaştirib qöyişni va’da qilib, buning evaziga 5 ming dollar talab qilgan. Şuningdek, pulning 2,5 ming dollarini oldindan berişni söragan.

Tezkor tadbir davomida 2002 yilda tuğilgan uşbu şaxs kelişilgan pulning 2,5 ming dollarini olayotgan vaqtida uşlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand şahridagi umumiy örta ta’lim maktabi direktori fuqaroni öqituvçi lavozimiga işga kiritiş evaziga 400 dollar olgan vaqtida uşlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing