Nukusda 50 ming aholiga möljallangan “Nukus City” barpo etiladi
Jamiyat
−
09:28 741 2 daqiqa
Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida 270 gektar maydonda 50 ming aholiga möljallangan yangi turar joy majmuasi – “Nukus City” quriladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 5 noyabr kunidagi “Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida belgilandi.
Qarorga köra, loyiha Jolşilar mahallasidagi Aşşiköl hududida amalga oşiriladi. Yangi şaharça ilğor arxitektura yeçimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida quriladi.
Loyihaning boş rejasi “Yangi Toşkent” qurilişi tajribasidan kelib çiqib, xorijiy taşkilotlar tavsiyalari asosida işlab çiqiladi. Hududda “aqlli şahar” yeçimlarini qamrab olgan zamonaviy köp kvartirali uylar, savdo va biznes markazlari, mehmonxonalar, parklar, yaşil hududlar, favvoralar, sport maydonçalari hamda ijtimoiy soha muassasalari joylaştiriladi.
Şuningdek, qaror bilan Qoraqalpoğistonni 2027 yilda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantiriş böyiça asosiy maqsadlar belgilandi. Jumladan, yalpi hududiy mahsulot hajmini 8 foizga, sanoat mahsulotlari işlab çiqarişni 7 foizga, bozor xizmatlarini 17 foizga, qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişni 5 foizga va quriliş işlarini 13 foizga oşiriş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, eksport hajmini 550 million AQŞ dollariga yetkaziş, jami investitsiyalar miqdorini ikki baravarga oşirib, 5 milliard dollarga çiqariş maqsad qilingan.
Qarorda aholi bandligini ta’minlaş masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Unga köra, birinçi bosqiçda past daromadli 125 ming oiladagi 513 ming nafar aholini yuqori daromadli iş örinlariga joylaştiriş belgilangan.
Live
Barchasi