“Sanjik” boşçiligidagi guruh fuqarolarning qariyb 1 mlrd sömini özlaştirgani aniqlandi
3-sahifa
−
10:36 4371 2 daqiqa
Nukus şahrida fuqarolarning bank kartalaridan qariyb 1 milliard sömni noqonuniy özlaştiriş bilan boğliq kiberjinoyat foş etildi. Guruhlarda özini “Sanjik” taxallusi bilan taniştirgan şaxs va uning şeriklari qölga olindi. Bu haqda Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tezkor tadbirlar IIV Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi xodimlari tomonidan „Xavfsiz va soğlom yurt“ hamda „Kiber madaniyatni yuksaltiriş“ oyligi doirasida ötkazilgan.
Aniqlanişiça, gumonlanuvçilar Telegram orqali tarqatilgan zararli APK-fayllar yordamida fuqarolarning bank kartalaridagi pullarni noqonuniy özlaştirgan. Özlaştirilgan mablağlarning bir qismi naqdlaştirilgan, ayrimlari noma’lum şaxslarning onlayn mikrokreditlarini tölaşga, boşqalari esa onlayn bukmekerlik akkauntlariga yönaltirilgan.
Jinoiy faoliyat izlarini yaşiriş maqsadida ijaraga olingan telefonlar muntazam almaştirib turilgan. Biroq tekşiruv davomida gumonlanuvçilarning Telegram yozişmalarida 162 ta bank plastik kartasiga oid ma’lumotlar mavjudligi aniqlangan.
Tezkor tadbirlar davomida uçta mobil qurilma va beşta bank kartasi aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Sud qaroriga asosan, D. ismli şaxsga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatida bir neçta kriptobirja orqali 2,5 trillion sömga teng kripto-aktivlar aylanmasini amalga oşirgan şaxs qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi