Prezident Nukusdagi ko‘cha bo‘ylab sayr qilib, aholi bilan gaplashdi (video)
Jamiyat
−
18 sentabr 425 1 daqiqa
Bugun, 18 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Nukus shahridagi yangilangan ko‘cha bo‘ylab sayr qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shaharning G‘aresizlik, S.Kamalov va G‘.Sheraziyeva ko‘chalarida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari natijasida aholi va shahar mehmonlari uchun qulay dam olish muhiti, savdo va ko‘ngilochar maskanlarning tunu kun faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratilgan.

Bu ishlarga 2,2 milliard so‘m ajratilib, ko‘chalarning 2,5 kilometrlik qismi ta’mirlangan va infratuzilmasi yangilangan.

Piyodalar yo‘laklari barpo etilib, o‘rindiqlar va chiqindi qutilari o‘rnatilgan. Hududni tungi vaqtda yoritish uchun quyosh panellari yordamida ishlaydigan energiya tejamkor chiroqlar o‘rnatilgan. Yomg‘ir suvlarini oqizish va suv to‘planishining oldini olish maqsadida 1,5 kilometrlik tarmoq yangidan qurilgan, mavjudlari modernizatsiya qilingan.

Yaratilgan sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini ham jonlantirgan. Hududda 8 ta yangi tadbirkorlik sub’ekti ish boshlagan, yana 10 tasi faoliyatini kengaytirgan. Natijada 75 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.


Davlat rahbari ko‘cha bo‘ylab yurar ekan, odamlar bilan samimiy muloqot qilgan, mamlakatda hukm surayotgan tinchlik eng qadrli ne’mat ekanligini ta’kidlab, ezgu tilaklarini bildirgan.
Live
Barchasi